QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят31

۞ وَمَن يَقْنُتْ مِنكُنَّ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتَعْمَلْ صَـٰلِحًا نُّؤْتِهَآ أَجْرَهَا مَرَّتَيْنِ وَأَعْتَدْنَا لَهَا رِزْقًا كَرِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda bo`lsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun go`zal rizqni tayyorlaganmiz.Сизлардан ким Аллоҳ ва Унинг Расулига мудом итоатда бўлса ва яхши амал қилса, унинг ажрини икки марта берамиз ва унинг учун гўзал ризқни тайёрлаганмиз.Alauddin Mansour: Sizlardan kim Alloh va Uning paygʻambariga itoat etsa va yaxshi amal qilsa, Biz uning ajru mukofotini ikki hissa qilib berurmiz va uning uchun ulugʻ rizq (yaʼni, jannat)ni tayyorlab qoʻygandirmiz.Сизлардан ким Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига итоат этса ва яхши амал қилса, Биз унинг ажру мукофотини икки ҳисса қилиб берурмиз ва унинг учун улуғ ризқ (яъни, жаннат)ни тайёрлаб қўйгандирмиз.

422-sahifa · 22-juz · 43-hizb422-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَمَنva kimва кимيَقْنُتْmudom itoatda boʻlsaмудом итоатда бўлсаمِنكُنَّsizlardanсизларданلِلَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَتَعْمَلْva qilsaва қилсаصَـٰلِحًۭاyaxshi amalяхши амалنُّؤْتِهَآunga beramizунга берамизأَجْرَهَاajriniажриниمَرَّتَيْنِikki martaикки мартаوَأَعْتَدْنَاva tayyorlaganmizва тайёрлаганмизلَهَاuning uchunунинг учунرِزْقًۭاrizqniризқниكَرِيمًۭاgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Mabodo, onalarimizning birortasidan gunoh sodir boʻlib qolsa, jazo ikki marta ziyoda qilib berilishi eʼlon etilganidan soʻng, ulardan kim Alloh taologa va Uning Rasuliga doimiy itoatda boʻlsa va yaxshi amal qilsa, ajrining ikki barobar etib tayinlanishi ayni adolatdir. Ha, ular doimo zimmalaridagi ulugʻ masʼuliyatni his etib yashashlari kerak. Shu bilan birga, faqirona, kamtarona hayot kechirishlari lozimligi ham avvalgi oyatlarda taʼkidlandi. Bularning hammasi evaziga ajr-savob ikki marta ziyoda boʻlishi ayni adolatdir. Shuningdek, ular uchun oxiratda, jannatda Alloh taolo goʻzal rizq tayyorlab qoʻygani ham ayni adolatdir.