يَـٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍ مِّنَ ٱلنِّسَآءِ ۚ إِنِ ٱتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِٱلْقَوْلِ فَيَطْمَعَ ٱلَّذِى فِى قَلْبِهِۦ مَرَضٌ وَقُلْنَ قَوْلًا مَّعْرُوفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.Эй, Набийнинг аёллари! Сизлар аёллардан бирортаси каби эмассиз. Агар тақво қилсангиз, майин сўз қилманг, яна, қалбида касали бор бўлган тамаъ қилиб юрмасин. Гапирганда яхши гапни гапиринглар.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar ayollari, sizlar agar taqvodor boʻlsangizlar, ayollardan birontasi kabi emasdirsizlar (yaʼni, biron ayol fazlu martabada sizlar kabi boʻla olmas). Bas, sizlar (parda ortidan biron nomahram erkakka javob qilgan paytlaringizda) mayin-nazokatli soʻz qilmanglarki, u holda koʻnglida maraz-nifoq boʻlgan kimsa tamaʼ qilib qolur. Yaxshi — toʻgʻri soʻzni soʻzlanglar!Эй пайғамбар аёллари, сизлар агар тақводор бўлсангизлар, аёллардан биронтаси каби эмасдирсизлар (яъни, бирон аёл фазлу мартабада сизлар каби бўла олмас). Бас, сизлар (парда ортидан бирон номаҳрам эркакка жавоб қилган пайтларингизда) майин-назокатли сўз қилмангларки, у ҳолда кўнглида мараз-нифоқ бўлган кимса тамаъ қилиб қолур. Яхши — тўғри сўзни сўзланглар!
Yaʼni, sizlarning boshqa hamma ayollardan farqlaringiz bor. Sizlar Paygʻambarning xotinlarisiz, moʻminlarning onalarisiz. Hamma moʻminalar uchun oʻrnaksizlar.
Ha, sizlar ayollardan birortasi kabi emassizlar. Bu maqomga erishishlaringiz uchun Paygʻambarga jufti halol boʻlganingizning oʻzi yetmaydi, taqvo ham qilishlaringiz kerak.
«Agar taqvo qilsangiz, mayin soʻz qilmang...»
Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga taʼsir etadigan holatda gapirmang.
«...yana, qalbida kasali bor boʻlgan tamaʼ qilib yurmasin.»
Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.
«Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.»
Amri maʼruf boʻladigan, kishilarni taqvoga, yaxshilikka chaqiradigan gaplardan gapiringlar.