وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَضْلًا كَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlarga ularga albatta Allohdan ulug` fazlu marhamat bo`lishi haqida xushxabar ber.Мўминларга уларга албатта Аллоҳдан улуғ фазлу марҳамат бўлиши ҳақида хушхабар бер.Alauddin Mansour: Moʻminlarga xushxabar beringki, shak-shubhasiz, ular uchun Alloh tomonidan katta fazlu marhamat (yaʼni, jannat) bordir.Мўминларга хушхабар берингки, шак-шубҳасиз, улар учун Аллоҳ томонидан катта фазлу марҳамат (яъни, жаннат) бордир.
Ushbu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam moʻminlarga yetkazadigan xushxabar alohida tilga olinmoqda. Moʻminlarga, albatta Alloh taoloning ulugʻ fazlu marhamati boʻlishi taʼkidlanmoqda. Bundan kattaroq, bundan yaxshiroq xushxabar boʻlishi mumkinmi?!
Keyingi oyati karimada ham Alloh taoloning Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalomga qilayotgan xitobi davom etadi.
Ey Nabiy!