وَلَا تُطِعِ ٱلْكَـٰفِرِينَ وَٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَدَعْ أَذَىٰهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kofir va munofiqlarga itoat etma. Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil bo`lishga Allohning O`zi kifoyadir.Кофир ва мунофиқларга итоат этма. Уларнинг озорларига парво қилма. Аллоҳга таваккал қил. Вакил бўлишга Аллоҳнинг Ўзи кифоядир.Alauddin Mansour: Siz kofirlar va munofiqlarga boʻyinsunmang va ularning ozor-aziyatlariga parvo qilmang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning Oʻzi yetarli vakil-homiydir.Сиз кофирлар ва мунофиқларга бўйинсунманг ва уларнинг озор-азиятларига парво қилманг ҳамда Аллоҳга таваккул қилинг! Аллоҳнинг Ўзи етарли вакил-ҳомийдир.
Kofir va munofiqlar turli uslublar bilan seni oʻz yoʻllariga solmoqchi boʻladilar. «Kofir va munofiqlarga itoat etma.» Sen ularga hech itoat etma. Faqat Allohga itoat et. «Ularning ozorlariga parvo qilma.» Kofir va munofiqlarning ozorlariga parvo ham qilma. Bular oʻtkinchi narsalar. «Allohga tavakkal qil.» Barcha ishlaringda faqat Alloh taologa suyan. «Vakil boʻlishga Allohning Oʻzi kifoyadir.» Undan boshqasining keragi yoʻq. Endigi oyatda kishilar hayotini, jumladan, oilaviy hayotni Islom taʼlimotlari asosida tartibga solish borasidagi hukmlardan biri bayon qilinadi: