لِّيُعَذِّبَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَـٰتِ وَيَتُوبَ ٱللَّهُ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda mo`min va mo`minalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.Аллоҳ мунофиқлар ва мунофиқаларни, мушриклар ва мушрикаларни азоблаши учун ҳамда мўмин ва мўминаларнинг тавбаларини қабул этиши учундир. Аллоҳ ўта мағфиратли ва ўта раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun hamda moʻmin va moʻminalarning tavba-tazarrularini qabul kilib, (gunohlarini magʻfirat qilish uchun Odam bolalariga bu omonatni yukladi). Alloh magʻfirat qilguvchi va mehribon boʻlgan Zotdir.Аллоҳ мунофиқ ва мунофиқаларни, мушрик ва мушрикаларни азоблаш учун ҳамда мўмин ва мўминаларнинг тавба-тазарруларини қабул килиб, (гуноҳларини мағфират қилиш учун Одам болаларига бу омонатни юклади). Аллоҳ мағфират қилгувчи ва меҳрибон бўлган Зотдир.
Yaʼni, mazkur omonatning insonga taklif qilinishidan maqsad insonlar orasidan munofiq va mushriklarni ajratib olib azoblash va moʻminlarni ajratib olib, ularning tavbasini qabul qilib, mukofotlashdir. Ushbu omonat boʻlmasa, shariat takliflari, Islom ibodatlari, talablari boʻlmasa, kim munofiq, kim mushrik, kim moʻmin ekani bilinmay yuraveradilar.
Alloh taklif qilgan omonatga–Islom hukmiga itoat etib, uning taʼlimotlariga amal qilib yashaganlar ikki dunyoning baxt-saodatiga sazovor boʻladilar. Ularning tavbalarini Alloh qabul qiladi. Tavbasi qabul boʻlganlar esa, bu dunyoda ham, u dunyoda ham zafarga erishadilar.
Alloh taklif qilgan omonatni–Islom hukmini va uning taʼlimotlarini inkor qilgan mushriklar esa, ikki dunyoda azobu iqobga duchor boʻladilar.
Shuningdek, Alloh taklif qilgan omonatga–Islomga tili bilan xayrixohlik bildirib, amalda undan boshqacha ish yuritgan munofiqlar ham ikki dunyoda badbaxt boʻladilar. Alloh taolo ularni ham ikki dunyoda azobu iqobga duchor qiladi.
«Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli zotdir.»
Mushrik va munofiq bandalar vaqtning borida tavba qilib, Islomga kirsalar, tillari, dillari va tanlari bilan Islom taʼlimotlariga muvofiq yashasalar, ularni ham magʻfirat qiladi va Oʻz rahmatidan bahramand etadi.
Alloh taoloning yordami va rioyati
SHAYX
MUHAMMAD SODIQ
MUHAMMAD YUSUF
TUZATILGAN VA QOʻSHIMCHA QILINGAN
IKKINCHI NASHR
5 JUZ
Alloh taoloning kalomi tafsiri haqidagi ushbu kamtarona urinishni qiblagohim Muhammad Yusuf hoji va onajonim Sobira xonim Tilakberdi qizi rahmatullohi alayhimolarga bagʻishlayman. Haqq taolodan u zotlarni magʻfirat aylab, joylarini jannatdan qilishini tilab duolar qilaman. Muhtaram oʻquvchilardan otamiz va onamiz haqlariga duolar umididaman.
Muallif.
Sh i o r i m i z:
Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish, kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish.
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 2008.
Diyniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat-xurofotlarni yoʻqotish.