QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят1

ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohga hamd bo`lsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U o`ta hikmatli, o`ta xabardor Zotdir.Осмонлардаги нарсалар ва ердаги нарсалар Уники бўлган Аллоҳга ҳамд бўлсин. Охиратдаги ҳамд ҳам Уникидир. Ва У ўта ҳикматли, ўта хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: (Barcha) hamdu sano Alloh uchundir. U shunday Zotki, osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Unikidir. Oxiratdagi hamdu sano ham yolgʻiz Uning uchundir. U hikmat Egasi va (barcha narsadan) xabardordir.(Барча) ҳамду сано Аллоҳ учундир. У шундай Зотки, осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Уникидир. Охиратдаги ҳамду сано ҳам ёлғиз Унинг учундир. У ҳикмат Эгаси ва (барча нарсадан) хабардордир.

428-sahifa · 22-juz · 43-hizb428-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْحَمْدُhamdҳамдلِلَّهِAllohga boʻlsinАллоҳга бўлсинٱلَّذِىOʻsha zotkiЎша зоткиلَهُۥUnikidirУникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerерوَلَهُva Unikidirва Уникидирٱلْحَمْدُhamdҳамдفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِ ۚoxiratохиратوَهُوَva Uва Уٱلْحَكِيمُoʻta hikmatliўта ҳикматлиٱلْخَبِيرُoʻta xabardorўта хабардор
TafsirТафсир

Osmondagi barcha narsalar Uning mulki boʻlgani uchun ham Alloh taologa hamdu sano boʻlsin. Yerdagi barcha narsalar Uniki boʻlgani uchun ham Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Ana shu mutlaq molikligining oʻzi Uni hamdu sanoga mustahiq qiladi. Faqat bu dunyodagi emas, «Oxiratdagi hamd ham Unikidir». Alloh taolo Oʻzining barkamol sifati ila ikki dunyoning barcha hamdu sanolariga mustahiqdir. «Va U oʻta hikmatli, oʻta xabardor zotdir.» Alloh taolo har bir ishni oʻta hikmat bilan qiladi. Olamlardagi barcha sir-asrordan oʻta xabardordir. Ana oʻsha hikmati va xabardorligi ila: