QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят2

يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۚ وَهُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلْغَفُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir.У, ерга нима кирса ва ундан нима чиқса, биладир, осмондан нима тушса ва унга нима чиқса, биладир. Ва У ўта раҳимли ва ўта мағфиратли Зотдир.Alauddin Mansour: U yerga kiradigan (yomgʻir-qor suvi, xazinayu-dafina va jasadlar kabi) narsalarni ham, undan chiqadigan (ut-oʻlan, nabotot va buloq suvlari kabi) narsalarni ham, samodan tushadigan (rizqu roʻz, xayru baraka kabi) narsalarni ham, unga koʻtariladigan (yaxshi amal va duo-iltijo kabi) narsalarni ham bilur. U mehribon va magʻfiratlidir.У ерга кирадиган (ёмғир-қор суви, хазинаю-дафина ва жасадлар каби) нарсаларни ҳам, ундан чиқадиган (ут-ўлан, наботот ва булоқ сувлари каби) нарсаларни ҳам, самодан тушадиган (ризқу рўз, хайру барака каби) нарсаларни ҳам, унга кўтариладиган (яхши амал ва дуо-илтижо каби) нарсаларни ҳам билур. У меҳрибон ва мағфиратлидир.

428-sahifa · 22-juz · 43-hizb428-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَعْلَمُbiladirбиладирمَاnimaniниманиيَلِجُkirsaкирсаفِى-ga-гаٱلْأَرْضِyerерوَمَاva nimaniва ниманиيَخْرُجُchiqsaчиқсаمِنْهَاundanунданوَمَاva nimaniва ниманиيَنزِلُtushsaтушсаمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонوَمَاva nimaniва ниманиيَعْرُجُkoʻtarilib chiqsaкўтарилиб чиқсаفِيهَا ۚungaунгаوَهُوَva Uва Уٱلرَّحِيمُoʻta rahmliўта раҳмлиٱلْغَفُورُoʻta magʻfiratliўта мағфиратли
TafsirТафсир

Bu qisqa iboralar juda keng va chuqur maʼnolarga ega. Ular Alloh taoloning naqadar ulugʻ zot ekanini, Uning ilmi va xabardorligi qanchalik cheksizligini bildiradi.

Inson yaratilganidan beri oʻtgan davr mobaynida imkoni boricha bir-biriga yordam va taʼlim berib, bir dunyo ilmiy maʼlumotlarni meros qoldirgan. Ammo haligacha yerning mohiyatini toʻla oʻrganib boʻlgani yoʻq. Har kuni u yer-bu yerdan yangi narsalar topilgani haqida xabarlar tarqalib turadi.

Alloh subhanahu va taolo esa, doimiy ravishda:

«...yerga nima kirsa va undan nima chiqsa biladir».

Alloh taolo yerga kirayotgan narsalarni–oʻlgan insonning tanasimi, oʻsimlik urugʻi yoki koʻzga koʻrinmas zarrami–hammasini biladi. Alloh taolo yerdan chiqayotgan shiddatli vulqonlar, har xil konu maʼdanlar, turli oʻsimliklar yoki koʻzga koʻrinmas zarralarni ham–hamma-hammasini biladi.

Shuningdek, Alloh taolo:

«...osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir».

Insoniyat yaratilganidan buyon qancha vaqt oʻtgan boʻlsa, shundan beri imkoni qadar urinib, bir-biriga yordam va taʼlim berib, ilmiy maʼlumotlarni meros qoldirib ham inson hali-hanuz oʻziga eng yaqin boʻlgan osmonning mohiyatini tushunib yetgani yoʻq. Har kuni u yer-bu yerdan osmondagi yangiliklar topilgani haqidagi xabarlar kelib turibdi. Alloh taolo esa, osmondan nima tushsa, doimiy ravishda biladi. Sayyora yoki yulduzmi, qoru yomgʻirmi, farishta yo jin yoki koʻzga koʻrinmas zarralarmi–hamma-hammasini yaxshi biladi. Osmonga chiqayotgan narsalar ham Allohning nazaridan chetda qolmaydi.

«U oʻta rahimli va oʻta magʻfiratli zotdir.»

Bandalarining xatoyu nuqsonlarini yaxshi bilsa ham, rahim qiladi. Ularni jazolashga shoshilmaydi.

Bandalar tavba qilsa, tavbalarini qabul etib, gunohlarini kechiradi.

Ammo kufr keltirgan bandalar buni toʻgʻri tushunmaydilar, takabburona kayfiyatda turli shak-shubhalar qoʻzgʻatadilar. Jumladan: