QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят3

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَأْتِينَا ٱلسَّاعَةُ ۖ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ ۖ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَآ أَصْغَرُ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرُ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yo`q! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g`oyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.Куфр келтирганлар: «Бизга соат (қиёмат) келмас», дедилар. Сен: «Йўқ! Fойибни билгувчи Роббим ила қасамки, у сизларга албатта келур. У зотдан осмонлару ердаги зарра вазнича, ундан кичик нарса ҳам, катта нарса ҳам ғойиб бўлмас. Илло, ҳаммаси очиқ китобдадир», деб айт.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar «Bizlarga (Qiyomat) soati kelmas», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Yoʻq! Gʻaybni bilguvchi Parvardigorimga qasamki, shak-shubhasiz, u (yaʼni, Qiyomat) sizlarga kelur. Osmonlar va Yerdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Alloh)dan mahfiy boʻlmas — albatta ochiq Kitobda (yaʼni, Allohning azaliy yozmishi — Lavhul-Mahfuzda u) mavjud boʻlur».Кофир бўлган кимсалар «Бизларга (Қиёмат) соати келмас», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Йўқ! Ғайбни билгувчи Парвардигоримга қасамки, шак-шубҳасиз, у (яъни, Қиёмат) сизларга келур. Осмонлар ва Ердаги бир зарра мисоличалик, ундан ҳам кичик (ёки) катта бирон нарса (Аллоҳ)дан маҳфий бўлмас — албатта очиқ Китобда (яъни, Аллоҳнинг азалий ёзмиши — Лавҳул-Маҳфузда у) мавжуд бўлур».

428-sahifa · 22-juz · 43-hizb428-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلَاemasэмасتَأْتِينَاbizga kelurбизга келурٱلسَّاعَةُ ۖ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиقُلْsen aytсен айтبَلَىٰyoʻq!йўқ!وَرَبِّىRobbim ila qasamkiРоббим ила қасамкиلَتَأْتِيَنَّكُمْalbatta sizlarga kelurалбатта сизларга келурعَـٰلِمِbilguvchiбилгувчиٱلْغَيْبِ ۖgʻoyibniғойибниلَاemasэмасيَعْزُبُgʻoyib boʻlurғойиб бўлурعَنْهُU zotdanУ зотданمِثْقَالُvaznichaвазничаذَرَّةٍۢzarraзарраفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَلَاva emasва эмасفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerерوَلَآva emasва эмасأَصْغَرُkichikroq narsaкичикроқ нарсаمِن-dan-данذَٰلِكَoʻshaўшаوَلَآva emasва эмасأَكْبَرُkattaroq narsaкаттароқ нарсаإِلَّاilloиллоفِى-dadir-дадирكِتَـٰبٍۢkitobкитобمُّبِينٍۢochiqочиқ
TafsirТафсир

Hamma zamon va makonlarning kofirlari, qani endi, qiyomat soati kelmasa edi, deb orzu qiladi. Lekin ular orzularini shak- shubha shaklida yuzaga chiqaradilar. Chunki, ular qiyomatda oʻzlariga hech bir yaxshilik boʻlmasligini yaxshi biladilar. Shu bois, uni inkor qilishga oʻtdilar. Ular qiyomatni rad etarkanlar, hech bir ilmiy asos yoki hujjat va dalil keltira olmaydilar.

Qiyomat qoʻpishining zaruratini tafakkur ila ham anglasa boʻladi. Chunki, biz yashayotgan dunyo vaqtinchalik, bir kuni kelib tugaydigan narsalar majmuasidan iboratdir. Baqosiz narsalar majmuasining vaqti kelib tugash payti esa, qiyomat kunidir.

Adolat yuzasidan oʻylab koʻrilganda ham, qiyomat qoim boʻlishi ayni zaruratdir. Bu dunyoda turli-tuman odamlar–kofir va moʻmin ham, mushrik va muvahhid ham, osiy va taqvodor ham, munofiq va muxlis ham, zolim va mazlum ham yashaydi. Hech biri bu dunyoda qilmishiga yarasha toʻliq mukofot yoki jazoni olmagan, olmayapti va olmaydi ham. Bu dunyo qonuni oʻzi shunday tuzilgan. Xoʻsh, har kim amaliga yarasha aniq mukofot yoki jazo olmasligi adolatdanmi? Osiy osiyligini qilsa-yu, jazosini tortmay, oʻlib, tuproqqa qoʻshilib, qutulib ketaversa! Taqvodor umr boʻyi taqvo qilsa-yu, hech bir mukofot olmay, tuproqqa qorilib ketaversa! Demak, adolat yuzasidan ham qiyomat qoim boʻlishi kerak! Unda har bir inson oʻzining zarracha miqdor gunohi yoki savobiga yarasha jazo yoki mukofotini olishi kerak.

Oxiratni rad etadigan odamlar holiga nazar solib, ularni eʼtibor bilan oʻrgansangiz, har doim eng yomon odamlar boʻlib chiqadilar. Qilar ishini qilib qoʻygan, zolim, badxulq, fosiqfojir va haromxoʻr kishilar boʻladilar. Ular shahvatlariga, havoyi nafslari va nodonliklariga qul boʻlib qolgan hamda shu qullikdan chiqa olmaydigan kimsalardir. Ularga qullikdan ozod boʻlishdan koʻra, oxiratni inkor qilish osonroq.

Mana, oʻshalardan bir guruhi kelib, gap boshladi.

«Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar.»

Har doimgidek, ular ham oʻzlariga oʻxshash kofirlarning maʼlum va mashhur diydiyolarini takrorladilar. Alloh taolo Oʻzining mahbub Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, quyidagilarni aytishni buyurdi:

«Sen: «Yoʻq!» deb ayt».

Yoʻq, ey, kufr keltirganlar, sizlarning:

«Bizga soat (qiyomat) kelmas», degan gaplaringiz yolgʻon, asossiz, behuda gap!

«Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur.»

Barcha gʻoyibni, shu jumladan, mutlaq gʻoyib–qiyomat soatini ham bilguvchi Robbim ila qasam ichib aytamanki, qiyomat sizlarga albatta keladi. Kelishi aniq. Alloh taolo gʻoyibni mutlaq biladiki:

«U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham gʻoyib boʻlmas».

Osmonlar shu qadar bepoyon va cheksiz boʻlsa-da, undagi hech bir narsa Alloh uchun gʻoyib boʻlmaydi. Hatto koʻzga koʻrinmas zarradan-da kichik narsani ham Alloh bilib turadi. Yirik narsalarning gʻoyib boʻla olmasligi esa, aniq.

«Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.»

Hamma narsa «Lavhul mahfuz» deb nomlangan ochiq kitobda bitilgandir. Jumladan, qiyomat ham. Ey, kofirlar, sizga koʻrinmayotgan qiyomatni inkor qilmang. Siz koʻrmagan va bilmagan narsa aslida ham yoʻq degani emas. Dunyoda siz bilgandan bilmagan narsa koʻp. Demak, qiyomatning qachon kelishi noaniqligi uning yoʻqligiga dalil emas. Uning qachon boʻlishini Alloh taoloning Oʻzi biladi. Ha, qiyomat albatta qoim boʻladi.