QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят24

۞ قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ وَإِنَّآ أَوْ إِيَّاكُمْ لَعَلَىٰ هُدًى أَوْ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.Сен: «Сизга осмонлару ердан ким ризқ берадир?» – деб айт. Сен: «Аллоҳ. Ва албатта, биз ёки сиз ҳидоятда ёхуд очиқ-ойдин залолатдадирмиз», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Kim sizlarga osmonlar va Yerdan rizqu roʻz berur?» Ayting: «Alloh (rizq berur). Shak-shubhasiz, yo bizlar yoki sizlar (yaʼni, ikki toifadan biri) aniq hidoyat ustida yoki ochiq zalolatdadir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Ким сизларга осмонлар ва Ердан ризқу рўз берур?» Айтинг: «Аллоҳ (ризқ берур). Шак-шубҳасиз, ё бизлар ёки сизлар (яъни, икки тоифадан бири) аниқ ҳидоят устида ёки очиқ залолатдадир».

431-sahifa · 22-juz · 44-hizb431-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قُلْsen aytсен айтمَنkimкимيَرْزُقُكُمsizga rizq berurсизга ризқ берурمِّنَ-dan-данٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerва ерقُلِsen aytсен айтٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَإِنَّآva albatta, bizва албатта, бизأَوْyokiёкиإِيَّاكُمْsizсизلَعَلَىٰalbatta, ustidamizалбатта, устидамизهُدًىhidoyatҳидоятأَوْyoxudёхудفِى-da-даضَلَـٰلٍۢzalolatзалолатمُّبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Allohdan boshqa iloh bor, deb yurgan, ey, mushriklar, ayting- chi:

«Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?»

«Gumon qilgan oʻsha soxta xudolaringizmi, yoki Allohmi?!» deb ularga savol ber, ey Paygʻambar! Bu savolga ularning javobi aniq, shuning uchun, ularning javobini kutib oʻtirmay, oʻzing aytib qoʻyaqol:

«Alloh».

Ha, osmonlaru yerdagi hamma maxluqotlarga faqat Alloh taologina rizq beradi. Bu ish boshqa hech kimning qoʻlidan kelmaydi.

«Albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.»

Ey, mushriklar, sizlar bilan yoʻlimiz ikki xil chiqib qoldi. Ammo kimningdir yoʻli toʻgʻri, kimningdir yoʻli notoʻgʻri boʻlishi kerak. Siz bilan bizning oramizda qaysidir guruh hidoyatda, qaysimizdir ochiq-oydin zalolatdamiz. Buni Alloh taolo Oʻzi hal qiladi.