وَلَا تَنفَعُ ٱلشَّفَـٰعَةُ عِندَهُۥٓ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُۥ ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُوا۟ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ۖ قَالُوا۟ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.У зотнинг ҳузурида фақат Ўзи изн берганлардан бошқанинг шафоати манфаат бермас. Токи қалбларидан қўрқинч кетгач: «Роббингиз нима деди?» – дерлар. «Ҳақни», дерлар. У олий ва буюк Зотдир.Alauddin Mansour: (Alloh) huzurida faqat Uning Oʻzi izn bergan kishilargagina shafoat-oqlov foyda berur (yaʼni, ana oʻsha zotlargina shafoatga erishurlar, yo oʻzgalarni shafoat qila olurlar). To qachon (Parvardigor ular uchun shafoatga izn berishi bilan) dillaridan qoʻrquv ketkazilgach, ular (bir-birlariga): «Parvardigoringiz nima dedi (yaʼni, shafoatga haqiqatan izn berdimi?)», deb (savol qilishib), «Haqni (aytdi, yaʼni haqiqatan shafoatga izn berdi), U yuksak va buyuk Zotdir», deyishib (javob qilurlar).(Аллоҳ) ҳузурида фақат Унинг Ўзи изн берган кишиларгагина шафоат-оқлов фойда берур (яъни, ана ўша зотларгина шафоатга эришурлар, ё ўзгаларни шафоат қила олурлар). То қачон (Парвардигор улар учун шафоатга изн бериши билан) дилларидан қўрқув кетказилгач, улар (бир-бирларига): «Парвардигорингиз нима деди (яъни, шафоатга ҳақиқатан изн бердими?)», деб (савол қилишиб), «Ҳақни (айтди, яъни ҳақиқатан шафоатга изн берди), У юксак ва буюк Зотдир», дейишиб (жавоб қилурлар).
Kimki gumon bilan, bizga Allohning huzurida shafoat etar, deb «sherik xudoga» eʼtiqod va ibodat qilsa yoki boshqa biror shaxs hamda narsadan umidvor boʻlsa, notoʻgʻri qiladi.
«U zotning huzurida faqat Oʻzi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas.»
Qiyomat kuni hamma oʻzi bilan ovora boʻladi. Hatto, ulugʻ Paygʻambarlar ham, farishtalar ham biror narsa deyishga tortinib qoladilar. Birovga shafoatchilik borasida ogʻiz ocha olmaydilar. Shafoat qilishga Alloh taoloning Oʻzi izn berib, sharoit yaratib bermaguncha hammalari qoʻrqinch ichida churq etmay turadilar.
«Toki qalblaridan qoʻrqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?»– derlar.»
Ularning qoʻrqinchlari shu darajadaki, hatto oʻzlari kutib turgan narsa haqida Robbilari gapini idrok etmay qoladilar. Alloh taolo ularning qalbidan qoʻrqinchni ketkazgach, oʻzlariga kelib, bir-biraridan:
«Robbingiz nima dedi?» – deb soʻraydilar. Shunda:
«Haqni», degan javob keladi. Ushbu savol-javob kimlar orasida boʻlishi haqida tafsir ulamolari bir necha xil fikrlar aytganlar. Baʼzilari, shafoat qiluvchilar bilan shafoat qilinuvchilar orasida, desalar, boshqalari, oʻzaro shafoat qiluvchilar orasida, uchinchilari esa, shafoatchilar bilan muqarrab farishtalar orasida boʻladi, deydilar. Aslida, bu fikrlar bir-birini toʻldirib keladi.
Alloh taolo ana shunday zotdir.
«U oliy va buyuk Zotdir.»
Ey Paygʻambarim!