قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍ وَمَا لَهُۥ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt.Сен: «Аллоҳдан ўзга гумон қилганларингизга дуо қилаверинглар! Улар осмонлару ерда зарра вазнича нарсага молик эмаслар. Уларга бу(икки)ларида шериклик ҳам йўқ. Ва У зотга улардан бирорта ёрдамчи ҳам йўқ», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Sizlar Allohdan oʻzga (ilohlar) deb gumon qilgan butlaringizga duo-iltijo qilaveringlar-chi, (ular sizlarga ijobat qila olarmikanlar)! Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha (narsa)ga ega emasdirlar va ular uchun (osmonlar va Yerda Allohga) sheriklik ham yoʻqdir hamda (Alloh) uchun ulardan biron yordamchi ham yoʻqdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Сизлар Аллоҳдан ўзга (илоҳлар) деб гумон қилган бутларингизга дуо-илтижо қилаверинглар-чи, (улар сизларга ижобат қила олармиканлар)! Улар на осмонларда ва на Ерда бир зарра вазнича (нарса)га эга эмасдирлар ва улар учун (осмонлар ва Ерда Аллоҳга) шериклик ҳам йўқдир ҳамда (Аллоҳ) учун улардан бирон ёрдамчи ҳам йўқдир.
Ey mushriklar, siz oʻzingizcha, Allohning sherigi bor, deb eʼtiqod qilib, oʻsha turli soxta ilohlarga ibodat qilib yuribsiz.
«Allohdan oʻzga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar!»
Oʻsha, Allohning oʻrniga oʻzingizcha iloh qilib olgan soxta xudolaringizga ibodat qilaveringlar-chi, nima boʻlarkin, koʻramiz. Ammo, yaxshi bilib qoʻyinglarki:
«Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar».
Sizlarning soxta xudolaringiz osmon va butun yer yuzidagi biron zarrachaga ham ega emaslar. Ularning hech narsalari yoʻq.
«Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yoʻq.»
Yaʼni, siz xudo deb oʻylayotgan oʻsha narsalarning hech bir amalda Allohga sherikligi yoʻq. Birinchidan, oʻzi molik emas, ikkinchidan, biror narsaga egalikda Allohga sherik ham emas.
«Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yoʻq», deb ayt.»
Siz xudo deb gumon qilayotganlardan birortasi oʻzi Xudo boʻlish yo Unga sherik boʻlish nari tursin, hatto Allohga yordamchi ham emaslar. Demak, ey, mushriklar, sizlar ochiq-oydin zalolatdasizlar. Siz xudo sanayotgan, yoki «Bizga Allohning oldida shafoat qiladi» deb oʻylayotgan narsalaringiz haqidagi taxminlaringiz ham notoʻgʻri.