QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят21

وَمَا كَانَ لَهُۥ عَلَيْهِم مِّن سُلْطَـٰنٍ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يُؤْمِنُ بِٱلْـَٔاخِرَةِ مِمَّنْ هُوَ مِنْهَا فِى شَكٍّ ۗ وَرَبُّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bo`lmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun bo`ldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.Ҳолбуки, унинг улар устидан ҳеч бир ҳукмронлиги бўлмас эди. Магар, Биз охиратга иймон келтирадиганни унда (охиратда) шаки бордан айиришимиз учун бўлди. Роббинг ҳар бир нарсани муҳофаза қилгувчидир.Alauddin Mansour: (Iblisning) ular ustidagi hukmronligi — faqat Biz Oxiratga iymon keltiradigan kishilarni, undan (yaʼni, Oxiratdan) shak-shubhada turgan kimsalardan bilib-ajratib olishimiz uchun boʻlgandir. (Yaʼni, Oxirat haqida shubha qilguvchi kimsalar iblisning igʻvosiga uchib, unga ergashurlar va Allohning neʼmatlariga noshukurlik qilurlar. Oxiratga iymon keltirgan zotlarga esa uning vasvasasi kor qilmas.) Parvardigoringiz barcha narsaning ustida kuzatib turguvchidir.(Иблиснинг) улар устидаги ҳукмронлиги — фақат Биз Охиратга иймон келтирадиган кишиларни, ундан (яъни, Охиратдан) шак-шубҳада турган кимсалардан билиб-ажратиб олишимиз учун бўлгандир. (Яъни, Охират ҳақида шубҳа қилгувчи кимсалар иблиснинг иғвосига учиб, унга эргашурлар ва Аллоҳнинг неъматларига ношукурлик қилурлар. Охиратга иймон келтирган зотларга эса унинг васвасаси кор қилмас.) Парвардигорингиз барча нарсанинг устида кузатиб тургувчидир.

430-sahifa · 22-juz · 43-hizb430-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَboʻlar ediбўлар эдиلَهُۥuningунингعَلَيْهِمular ustidanулар устиданمِّنhech birҳеч бирسُلْطَـٰنٍhukmronligiҳукмронлигиإِلَّاmagarмагарلِنَعْلَمَBiz ayrishimiz (bilishimiz) uchunБиз айришимиз (билишимиз) учунمَنkimkiкимкиيُؤْمِنُiymon keltiradiganniиймон келтирадиганниبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаمِمَّنْundan (u kishidan)ундан (у кишидан)هُوَuуمِنْهَاunda (oxiratda)унда (охиратда)فِى-da-даشَكٍّۢ ۗshakшакوَرَبُّكَva Robbingва Роббингعَلَىٰustidanустиданكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниحَفِيظٌۭmuhofaza qilguvchidirмуҳофаза қилгувчидир
TafsirТафсир

Aslini olganda, iblisda odamlarni oʻz yoʻliga majbur qilib yuritish uchun imkon ham, hukmronlik ham yoʻq. Uning igʻvosi va vasvasasi ham oʻz-oʻzidan taʼsir qilavermaydi. Alloh taolo oxiratga iymoni borlarni iymoni yoʻqlardan ayirish hamda oxiratga shak-shubha bilan qaraydiganlarni alohida koʻrsatish uchun shu yoʻlni ishga soldi, xolos. Boʻlmasa, Alloh taolo kimning qandayligini azaldan yaxshi bilar edi.

«Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.»

Undan hech narsa maxfiy boʻla olmaydi.

Allohning neʼmatlariga shukr qiluvchilar va noshukr boʻluvchilar haqidagi qissalardan keyin Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, mushriklar bilan shirk haqida munozara yuritish buyuriladi: