وَلَقَدْ صَدَّقَ عَلَيْهِمْ إِبْلِيسُ ظَنَّهُۥ فَٱتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقًا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini ro`yobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mo`minlardan boshqalari unga ergashdilar.Батаҳқиқ, иблис улар ҳақидаги гумонини рўёбга чиқарди. Бас, фақат бир гуруҳ мўминлардан бошқалари унга эргашдилар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Iblis ularning ustidagi («Men ularni yoʻldan ozdira olurman», degan) gumonini roʻyobga chiqardi, bas, (Sabaʼ qabilasi iblisga ergashdilar), faqat bir guruh moʻminlargina (unga boʻyinsunmadilar).Дарҳақиқат, Иблис уларнинг устидаги («Мен уларни йўлдан оздира олурман», деган) гумонини рўёбга чиқарди, бас, (Сабаъ қабиласи иблисга эргашдилар), фақат бир гуруҳ мўминларгина (унга бўйинсунмадилар).
Iblis jannatdan quvilayotgan vaqtda: «Sening muxlis bandalaringdan boshqasini, albatta, igʻvo qilaman», deb aytgan edi.
«Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini roʻyobga chiqardi.»
Iblis odam bolalari haqidagi oʻsha qadimgi gumonini roʻyobga chiqardi. Odam bolalarining koʻplari unga ergashdilar.