فَقَالُوا۟ رَبَّنَا بَـٰعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَجَعَلْنَـٰهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَـٰهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.Улар: «Эй Роббимиз, сафарларимиз орасини узоқ қил!» дедилар ва ўзларига зулм қилдилар. Бас, Биз уларни ҳикояларга айлантирдик ва бутунлай парча-парча қилиб ташладик. Албатта, бунда ҳар бир ўта сабрли ва ўта шукрли учун оят (белги)лар бордир.Alauddin Mansour: Ular esa (bu neʼmatlarga noshukurlik qilib): «Parvardigoro, safarlarimiz orasidagi (masofani) yiroq qilgin», deyishib, oʻzlariga zulm qildilar, bas, Biz ularni (odamlar gapirib yuradigan) choʻpchak-hikoyaga aylantirib qoʻydik va boʻlak-boʻlak qilib (har tomonga tirqiratib yubordik). Albatta bunda har bir (balolarga) sabr-qanoat qilguvchi, (neʼmatlarga) shukr qilguvchi uchun oyat-ibratlar bordir.Улар эса (бу неъматларга ношукурлик қилиб): «Парвардигоро, сафарларимиз орасидаги (масофани) йироқ қилгин», дейишиб, ўзларига зулм қилдилар, бас, Биз уларни (одамлар гапириб юрадиган) чўпчак-ҳикояга айлантириб қўйдик ва бўлак-бўлак қилиб (ҳар томонга тирқиратиб юбордик). Албатта бунда ҳар бир (балоларга) сабр-қаноат қилгувчи, (неъматларга) шукр қилгувчи учун оят-ибратлар бордир.
Noshukrlik, nonkoʻrlik insonni quturtirib yuboradi, bunday odam bosar-tusarini bilmay qoladi. Hisobsiz nozu neʼmatlar ham joniga tegadi. Sabaʼliklar oʻshanaqa noshukrlarning birlari edilar. Ular ham safarlari uchun yaratilgan qulayliklarga shukr qilish oʻrniga, bu neʼmatlarni malol koʻrib:
«Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar.
Har qishloqda toʻxtab, dam olib, rohatlanib yoʻl bosish oʻrniga, biryoʻla uzoq-uzoq safar qilishni tilab qoldilar. Xoʻsh, bu bilan ular nimaga erishdilar?!
«...oʻzlariga zulm qildilar», xolos.
Berilgan neʼmatlarning zavoliga qoldilar.
«Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik...»
Keyin kelgan avlodlarga ibrat uchun aytiladigan hikoyatlarga aylantirdik. Noshukrliklari oqibatini hamma biladigan boʻldi.
«...va butunlay parcha-parcha qilib tashladik.»
Yurtlari xarob boʻlgach, boshlariga kelgan musiybatlardan qutulish uchun qolgan-qutganlari ham bir burda non axtarib, turli yurtlarga gadolik qilgani tarqalib ketdilar. Shunday qilib, goʻzal yurt sohibi boʻlgan bir qavm butunlay parcha-parcha boʻldi.
«Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.»
Sabaʼliklar qissasida har bir odam uchun ibrat bor.
Bu qissadan keyin ular va ularga oʻxshab shaytonning yoʻlidan yurgan boshqalar haqida quyidagilar aytiladi: