وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ ٱلْقُرَى ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا قُرًى ظَـٰهِرَةً وَقَدَّرْنَا فِيهَا ٱلسَّيْرَ ۖ سِيرُوا۟ فِيهَا لَيَالِىَ وَأَيَّامًا ءَامِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).Биз улар билан Ўзимиз баракали қилган шаҳарлар орасида кетма-кет қишлоқлар қилиб, улар орасидаги юришни ўлчовли этиб қўйган ва «Уларда кечалар ҳам, кундузлар ҳам омонлик-ла юраверинг», (деган эдик).Alauddin Mansour: Biz ular bilan Oʻzimiz barakotli qilgan (Shom) qishloq-shaharlarining orasida koʻrinib turadigan (yaʼni, bir-biriga yaqin) qishloqlarni barpo qilib (qoʻygan) va ular orasida yurish (masofasi)ni ham oʻlchab-belgilab (ularga): «Bu (qishloqlarda) kechalari ham, kunduzlari ham tinch-omon yuraveringlar», (degan edik).Биз улар билан Ўзимиз баракотли қилган (Шом) қишлоқ-шаҳарларининг орасида кўриниб турадиган (яъни, бир-бирига яқин) қишлоқларни барпо қилиб (қўйган) ва улар орасида юриш (масофаси)ни ҳам ўлчаб-белгилаб (уларга): «Бу (қишлоқларда) кечалари ҳам, кундузлари ҳам тинч-омон юраверинглар», (деган эдик).
Yaʼni, Alloh taolo sabaʼliklar bilan Oʻzi barakotli qilgan Makka, Madiyna, Quddus kabi shaharlar orasidagi yoʻllarda ketma-ket keladigan qishloqlar bino qilib qoʻygan edi. Sabaʼdan yoʻlga chiqqanlar hech qiynalmasdan oʻsha qishloqlar orqali koʻzlagan manzillariga bemalol yetib olar edilar.
«...ular orasidagi yurishni oʻlchovli etib qoʻygan...» edik.
Yaʼni, oʻsha oraliq yoʻldagi qishloqlar maʼlum oʻlchovli masofalarda joylashgan boʻlib, biridan ertalab yoʻlga chiqqan odam qorongʻiga qolmasdan ikkinchi bir qishloqqa yetib olishi mumkin edi. Bu hol Alloh taoloning katta neʼmati edi. Safarni osonlashtirardi. Har bir odam ham maxsus katta tayyorgarliksiz safarga chiqaverar, yoʻlga koʻp suv, oziq-ovqat va boshqa narsalar olishi shart emas edi.
«...va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).
Eng muhimi, yoʻl bexatar edi. Yoʻlovchi kechasi ham, kunduzi ham joniga, molu mulkiga xavf-xatar sezmasdan safar qilaverardi.
Ammo sabaʼliklar bu neʼmatga ham shukr qilmadilar. Rohatfarogʻatdan zerikib, toʻqlikka shoʻxlik qildilar.