QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят17

ذَٰلِكَ جَزَيْنَـٰهُم بِمَا كَفَرُوا۟ ۖ وَهَلْ نُجَـٰزِىٓ إِلَّا ٱلْكَفُورَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat o`ta noshukrlargagina jazo berurmiz.Уларни ношукрлик қилганлари учун ана шундоқ жазоладик. Биз фақат ўта ношукрларгагина жазо берурмиз.Alauddin Mansour: Kofir boʻlganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik. Biz faqat kofir boʻlgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz.Кофир бўлганлари сабабли уларни мана шу (жазо билан) жазоладик. Биз фақат кофир бўлган кимсагагина (мана шундай) жазо берурмиз.

430-sahifa · 22-juz · 43-hizb430-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَana shundoqана шундоқجَزَيْنَـٰهُمularni jazoladikуларни жазоладикبِمَاuchunучунكَفَرُوا۟ ۖnoshukrlik qilganlariношукрлик қилганлариوَهَلْva -miва -миنُجَـٰزِىٓjazo berurmizжазо берурмизإِلَّاfaqatфақатٱلْكَفُورَoʻta noshukrlargaginaўта ношукрларгагина
TafsirТафсир

Biz sabaʼliklarni neʼmatlarimizga noshukr boʻlganlari uchun mazkur ofat bilan jazoladik. Odatda, Biz faqat oʻta noshukrlargagina shunday jazo beramiz.

Ular goʻzal maskanda, nozu neʼmat ichida, chiroyli va sermeva bogʻlarda rohat-farogʻatda hayot kechirayotgan edilar. Oʻsha goʻzal holning bardavom boʻlishi uchun Allohga shukr etishlari shart edi. Ammo ular shu ishni qilmadilar. Oqibatda, goʻzal yurtlari xarob boʻldi. Nozu neʼmatlar yoʻq boʻlib, oʻrniga ochlik, muhtojlik keldi. Chiroyli va sermeva bogʻlar oʻrnida koʻrimsiz, mevasiz butazorlar paydo boʻldi.