فَأَعْرَضُوا۟ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ ٱلْعَرِمِ وَبَدَّلْنَـٰهُم بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَىْ أُكُلٍ خَمْطٍ وَأَثْلٍ وَشَىْءٍ مِّن سِدْرٍ قَلِيلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular yuz o`girdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bog`larini achchiq mevali, yulg`unzor va bir ozgina sidrli ikki «bog`»ga aylantirdik.Улар юз ўгирдилар. Бас, Биз устларига арим селини юбордик ва уларнинг икки боғларини аччиқ мевали, юлғунзор ва бир озгина сидрли икки «боғ»га айлантирдик.Alauddin Mansour: Bas, ular (Bizga shukr qilishdan) yuz oʻgirishgach, Biz ularning ustiga toʻgʻon bilan (toʻsib qoʻyilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bogʻlarini achchiq-taxir mevali, yulgʻunzor va yakkam-dukkam butazor «bogʻlar»ga almashtirib qoʻydik.Бас, улар (Бизга шукр қилишдан) юз ўгиришгач, Биз уларнинг устига тўғон билан (тўсиб қўйилган) селни (очиб) юбордик ва уларнинг боғларини аччиқ-тахир мевали, юлғунзор ва яккам-дуккам бутазор «боғлар»га алмаштириб қўйдик.
«Arim» soʻzi, ulamolar aytishlaricha, katta toshlarni oqizib keladigan kuchli sel, degan maʼnoni bildiradi.
Bu oyatda, maʼnoni toʻlaroq anglatish uchun, bir xil maʼnodagi ikki soʻzni oʻzaro izofa qilib, «Arim seli» shaklida ishlatilmoqda.
«Sidr» butasimon daraxt boʻlib, Arabistonda oʻsadi. Biroz mevasi ham boʻladi.
Demak, oyatdagi
«Ular yuz oʻgirdilar» jumlasidan sabaʼliklar Alloh taoloning amriga yurmay, U zotning neʼmatlariga shukr etmay, takabburlik qilganlari tushuniladi. Ular Allohga shukr qilishdan yuz oʻgirdilar. U zot bergan neʼmatlarga noshukrlik qildilar.
«Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik...»
Katta xarsang toshlarni oqizib kelgan kuchli sel ular qurgan «Saddi Maʼrab» nomli mashhur toʻgʻonlarini buzib ketdi. Natijada, asov oqim yoʻlidagi hamma narsani yuvib ketdi.
«...va ularning ikki bogʻlarini achchiq mevali, yulgʻunzor va bir ozgina sidrli ikki «bogʻ»ga aylantirdik.»
Sabaʼliklarning oʻng va soʻl tarafidagi ikki goʻzal, turli- tuman mevalarga kon, soʻlim bogʻlarini bebaraka, achchiq mevali ikki bogʻga aylantirdik. Unda bir ozgina sidr ham oʻsadi. Aslida, yulgʻunzor, butazor va sidrzorlar «bogʻ» deyilmaydi. Lekin bu yerda kinoya bilan «bogʻ» deyilmoqda. Sabaʼliklarning noshukrliklari sababli mevali bogʻlarini sel olib ketib, kunlari butazorga qoldi. Shirin-shakar mevalar oʻrnini achchiq-taxir narsalar oldi. U yerdagi eng yaxshi narsa bir ozgina sidr boʻlib qoldi.