لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍ فِى مَسْكَنِهِمْ ءَايَةٌ ۖ جَنَّتَانِ عَن يَمِينٍ وَشِمَالٍ ۖ كُلُوا۟ مِن رِّزْقِ رَبِّكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥ ۚ بَلْدَةٌ طَيِّبَةٌ وَرَبٌّ غَفُورٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, saba'liklar uchun o`z maskanlarida oyat (belgi) — o`ng va chapdan ikki bog` bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne go`zal yurt va o`ta mag`firatli Robbingiz bor», (dedik).Батаҳқиқ, сабаъликлар учун ўз масканларида оят (белги) — ўнг ва чапдан икки боғ бор эди. «Роббингиз ризқидан енг ва Унга шукр қилинг! Не гўзал юрт ва ўта мағфиратли Роббингиз бор», (дедик).Alauddin Mansour: Aniqki, Sabaʼ (qabilasi) uchun oʻz maskanlarida (Allohning fazlu marhamatiga dalolat qiladigan) bir alomat bor edi — oʻng tomon ham, soʻl tomon ham bogʻ-rogʻ boʻlib, (Biz ularga) «Parvardigoringiz (bergan) rizqu roʻzidan bahramand boʻlinglar va U zotga shukr qilinglar! (Shahringiz) pokiza shahardir, (Parvardigoringiz) magʻfirat kilguvchi Parvardigordir», (degan edik).Аниқки, Сабаъ (қабиласи) учун ўз масканларида (Аллоҳнинг фазлу марҳаматига далолат қиладиган) бир аломат бор эди — ўнг томон ҳам, сўл томон ҳам боғ-роғ бўлиб, (Биз уларга) «Парвардигорингиз (берган) ризқу рўзидан баҳраманд бўлинглар ва У зотга шукр қилинглар! (Шаҳрингиз) покиза шаҳардир, (Парвардигорингиз) мағфират килгувчи Парвардигордир», (деган эдик).
Sabaʼliklar Yaman janubida yashab oʻtgan bir qavmdir. Bobolari Sabaʼ ibn Yaxshab ibn Qahoton ismi bilan ular «Sabaʼ qavmi», «sabaʼliklar» deb nomlanganlar. Ular juda ham hosildor yerga ega boʻlganlar. Oʻzlari ancha taraqqiy etgan odamlar boʻlib, toʻgʻonlar qurib, suv toʻplab, foydalariga ishlatish yoʻllarini yaxshi bilganlar. Ularning qoldiqlari hozir ham bor. Sulaymon alay- hissalom bilan qissasi oʻtgan malika ham shu yurtdan boʻlgan. Oyatda oʻsha qavm haqida xabar berilmoqda.
«Batahqiq, sabaʼliklar uchun oʻz maskanlarida oyat (belgi)– oʻng va chapdan ikki bogʻ bor edi.»
Yaʼni, sabaʼliklarning yurtlarida Allohning qudratiga, rizq va neʼmat beruvchi Zot ekaniga dalolat qiladigan oyat-belgi bor edi. Yaʼni:
«...oʻng va chapdan ikki bogʻ bor edi».
Bu bogʻlarda ularga yetarli neʼmatlar mavjud edi. Biz ularga:
«Robbingiz rizqidan yeng va unga shukr qiling!» (dedik).
Oʻsha bogʻlardagi Robbingiz bergan rizqdan yeng va Robbingizga shukr qiling, dedik.
Ularga shu ish vojib edi.
«Ne goʻzal yurt va oʻta magʻfiratli Robbingiz bor», (dedik).
Darhaqiqat, yurtlari yam-yashil bogʻlarga toʻlgan, koʻrgan kishining havasi keladigan darajada goʻzal bir maskan edi. Robbilari esa, tavba qilib, iymon keltirib, amali solih etgan har bir bandaga oʻta magʻfiratli Zotdir.
Ammo sabaʼliklar Robbilari aytgan amrlarni qabul etmadilar: