QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят14

فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَىٰ مَوْتِهِۦٓ إِلَّا دَآبَّةُ ٱلْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنسَأَتَهُۥ ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ ٱلْجِنُّ أَن لَّوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ٱلْغَيْبَ مَا لَبِثُوا۟ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi.Қачонки, Биз у(Сулаймон)га ўлимни ҳукм этганимизда, уларга унинг ўлими ҳақида асосини еяётган ёғоч қуртидан бошқа ҳеч бир нарса далолат қилмади. Қачонки, у йиқилганда, жинларга, агар улар ғайбни билганларида, хорловчи азобда қолмаган бўлишлари аён бўлди.Alauddin Mansour: Endi qachonki Biz (Sulaymonga) oʻlimni hukm qilgach, uning oʻlimiga faqat asosini yeyayotgan (yogʻoch) kemiruvchi qurtgina dadolat qildi. Bas, qachonki u qulab tushgach, jinlarga aniq boʻldiki, agar ular gʻaybni bilguvchi boʻlganlarida bu xor qilguvchi azobda-mehnatda qolmagan boʻlur edilar.Энди қачонки Биз (Сулаймонга) ўлимни ҳукм қилгач, унинг ўлимига фақат асосини еяётган (ёғоч) кемирувчи қуртгина дадолат қилди. Бас, қачонки у қулаб тушгач, жинларга аниқ бўлдики, агар улар ғайбни билгувчи бўлганларида бу хор қилгувчи азобда-меҳнатда қолмаган бўлур эдилар.

429-sahifa · 22-juz · 43-hizb429-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاqachonkiқачонкиقَضَيْنَاBiz hukm etganimizdaБиз ҳукм этганимиздаعَلَيْهِungaунгаٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниمَاemasэмасدَلَّهُمْularga dalolat qildiуларга далолат қилдиعَلَىٰhaqidaҳақидаمَوْتِهِۦٓuning oʻlimiунинг ўлимиإِلَّاboshqaбошқаدَآبَّةُjonivori (yogʻoch qurti)жонивори (ёғоч қурти)ٱلْأَرْضِyerерتَأْكُلُyeyayotganеяётганمِنسَأَتَهُۥ ۖuning asosiniунинг асосиниفَلَمَّاqachonkiқачонкиخَرَّu yiqilgandaу йиқилгандаتَبَيَّنَتِayon boʻldiаён бўлдиٱلْجِنُّjinlargaжинларгаأَنdebдебلَّوْagarагарكَانُوا۟ular boʻlganlaridaулар бўлганларидаيَعْلَمُونَbilar edilarбилар эдиларٱلْغَيْبَgʻaybniғайбниمَاemasэмасلَبِثُوا۟qolar edilarқолар эдиларفِى-da-даٱلْعَذَابِazobазобٱلْمُهِينِxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qoʻyib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa, Sulaymon kuzatib turibdi, deb qoʻrqqanlaridan mashaqqatli ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yogʻoch qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni yeya boshlagan. Qurt asoni maʼlum miqdorda yeganidan keyin asoning tayanch nuqtasiga futur yetib, joyidan surilgan va Sulaymon alayhissalomning jussalari yerga yiqilgan. Jinlar shundagina, oʻz daʼvolariga qarshi oʻlaroq, gʻayb ilmini bilmasliklarini tushunib yetganlar. Ana shundagina jinlarga:

«...agar ular gʻaybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan boʻlishlari ayon boʻldi».

Holbuki, odamlardan baʼzilari oʻsha ojiz jinlarga ibodat qilib yuribdilar. Ular gʻaybni biladilar, deb ulugʻlamoqdalar.

Alloh taoloning neʼmatlariga shukr qiluvchilar misoli haqidagi oyatlar tamom boʻlganidan keyin, endi, Allohning neʼmatlariga noshukr boʻlganlar haqida bir misol keltiriladi: