يَعْمَلُونَ لَهُۥ مَا يَشَآءُ مِن مَّحَـٰرِيبَ وَتَمَـٰثِيلَ وَجِفَانٍ كَٱلْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَّاسِيَـٰتٍ ۚ ٱعْمَلُوٓا۟ ءَالَ دَاوُۥدَ شُكْرًا ۚ وَقَلِيلٌ مِّنْ عِبَادِىَ ٱلشَّكُورُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.У(жин)лар унга меҳроблар, ҳайкаллар, ҳовузлар каби лаганлар ва собит қозонлардан хоҳлаганини қилиб беришар эди. Эй, Оли Довуд, шукр қилинглар! Бандаларимдан шукр қилгувчилари оздир.Alauddin Mansour: Ular (Sulaymonga misdan) u xohlagan narsalarni — ibodatxonalarni, haykallarni, hovuzlar kabi (katta) laganlarni va (oʻchoqlarga) oʻrnashgan (vazmin) qozonlarni qilib berurlar. «(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu neʼmatlarning shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar! Bandalarim orasida shukr qilguvchi (zotlar juda) ozdir».Улар (Сулаймонга мисдан) у хоҳлаган нарсаларни — ибодатхоналарни, ҳайкалларни, ҳовузлар каби (катта) лаганларни ва (ўчоқларга) ўрнашган (вазмин) қозонларни қилиб берурлар. «(Эй) Довуд хонадони, (Аллоҳ сизларга ато этган бу неъматларнинг шукронаси учун амал-ибодат қилинглар! Бандаларим орасида шукр қилгувчи (зотлар жуда) оздир».
Alloh taolo tomonidan Sulaymon alayhissalomga boʻyinsundirilgan jinlar u kishiga mehroblar, yaʼni, ulkan ibodatxonalar qurib berar edilar.
«...haykallar...»
Turli narsalarning haykallarini ham yasab berardilar.
«...hovuzlar kabi laganlar...»
Taom yeydigan laganlari hovuz kabi katta boʻlar edi. Oʻsha vaqtda shunga ehtiyoj boʻlsa kerak. Shuningdek, odamlar bajara olmaydigan ishlarni qiladigan jinlar Sulaymon alayhissalomga moʻʼjiza sifatida koʻrsatilgan boʻlishi ham mumkin.
«...va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berar edilar.»
Togʻ kabi sobit qozonlarni Sulaymon alayhissalomga yasab berish ham jinlarning vazifasiga kirar edi. Ular Sulaymon alay- hissalom xohlagan ishni bajarar edilar. Bu esa, Dovud alayhissalom xonadoniga Alloh bergan ulkan neʼmat edi. Shuning uchun, Alloh ularga xitob qilib:
«Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar!» demoqda.
Dovud alayhissalomga qanchadan-qancha neʼmatlarni berdi. Bularning hammasi Oli Dovudga–Dovud honadoniga berilgan neʼmatlardir. Ushbu neʼmatlarga ular shukr qilmoqlari lozim.
«Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.»
Noshukrlardan boʻlmaslik kerak. Allohning neʼmatlari qadrini bilib, ularni ato qilgan Zotga tinimsiz shukr etish lozim. Neʼmatga shukr esa, neʼmat beruvchiga hamdu sano, maqtov soʻzlarini aytish va oʻsha neʼmatlarni neʼmat beruvchining roziligi yoʻlida sarflash bilan boʻladi. Bu dunyoda neʼmat beruvchi zot Alloh taoloning yagona Oʻzidir. Bandalar doimo Alloh taologa hamdu sano aytishlari, U zotning neʼmatlarini Oʻzining roziligi yoʻlida sarflashlari kerak.
Alloh taoloning Sulaymon alayhissalomga jinlarni xizmatkor qilib bergani haqidagi xabarda jinlarni ulugʻlovchilarga, ularga ibodat qiluvchilarga, «Jinlar har narsaga qodir» deb eʼtiqod etuvchilarga, jumladan, arab mushriklariga qarshi katta zarba bor edi. Kelasi oyatda oʻsha zarba yana ham kuchaytiriladi: