وَلِسُلَيْمَـٰنَ ٱلرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ ۖ وَأَسَلْنَا لَهُۥ عَيْنَ ٱلْقِطْرِ ۖ وَمِنَ ٱلْجِنِّ مَن يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَمَن يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo`l edi. Unga mis bulog`ini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.Ва Сулаймонга шамолни (бердик). У(шамол)нинг эрталаб кетиши бир ойлик, кечқурун қайтиши бир ойлик йўл эди. Унга мис булоғини оқизиб қўйдик ва жинлардан Роббининг изни ила унинг ҳузурида ишлайдиганлари бор эди. Улардан ким амримиздан чиқса, унга қаттиқ олов азобини тоттирамиз.Alauddin Mansour: Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib oʻtadigan) shamolni (boʻysundirdik) va uning uchun mis bulogʻini oqizib qoʻydik. Yana jinlardan ham Parvardigorining izni-irodasi bilan uning qoʻl ostida ishlaydigan kimsalarni (boʻysundirib qoʻygandirmiz). Ulardan kim Bizning amrimizdan toyilsa, Biz unga oʻt-olov azobidan totdirib qoʻyurmiz.Сулаймонга эрталаб бир ойлик, кечки пайт бир ойлик (масофани босиб ўтадиган) шамолни (бўйсундирдик) ва унинг учун мис булоғини оқизиб қўйдик. Яна жинлардан ҳам Парвардигорининг изни-иродаси билан унинг қўл остида ишлайдиган кимсаларни (бўйсундириб қўйгандирмиз). Улардан ким Бизнинг амримиздан тойилса, Биз унга ўт-олов азобидан тотдириб қўюрмиз.
Bu oyati karimada Dovud alayhissalomning oʻgʻillari Sulaymon alayhissalomga Alloh bergan neʼmatlar haqida soʻz ketmoqda. Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga Paygʻambarlik, hikmat va podshohlikka qoʻshimcha yana koʻpgina fazl bergan edi.
«Va Sulaymonga shamolni (berdik).»
Yaʼni, Alloh taolo Oʻz fazli ila shamolni Sulaymon alayhissalomga xizmatchi qilib qoʻygan edi.
«U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yoʻl edi.»
Yaʼni, Sulaymon alayhissalomga berilgan oʻsha shamol ertadan tushgacha bir oylik yoʻlni, tushdan kechqurungacha yana bir oylik yoʻlni bosib oʻtar edi. Bir kunduzda ikki oylik yoʻlni yurib qoʻyar edi.
Bundan Sulaymon alayhissalom shamolning beminnat xizmatidan foydalanib, uzoq masofalarni qisqa muddatda bosib oʻtganlarini bilib olamiz.
«Unga mis bulogʻini oqizib qoʻydik.»
Dovud alayhissalomga temirni yumshatib qoʻygan Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga mis bulogʻini oqizib qoʻydi. U kishi misdan hech bir qiyinchiliksiz xohlagan narsalarini yasaydigan boʻldilar. Bu ham Allohning katta neʼmati edi.
«...va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi.»
Alloh Sulaymon alayhissalomga jinlarni ham xizmatkor qilib berdi. Oʻsha jinlar Sulaymon alayhissalomga xizmat qilish haqidagi Allohning amridan chiqa olmasdilar.
«Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.»