أَنِ ٱعْمَلْ سَـٰبِغَـٰتٍ وَقَدِّرْ فِى ٱلسَّرْدِ ۖ وَٱعْمَلُوا۟ صَـٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini o`lchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchiman, dedik.Ва (унга): «Совутлар қилгин ва бичимини ўлчовли қил. Солиҳ амаллар қилинглар. Албатта, Мен нима амал қилаётганингизни яхши кўриб тургувчиман, дедик.Alauddin Mansour: (Va unga dedik): «Sovutlar yasagin va (ularni) toʻqishda aniq-puxta ish qilgin! (Ey Dovud xonadoni), yaxshi amal qilinglar! Zero, Men qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidirman».(Ва унга дедик): «Совутлар ясагин ва (уларни) тўқишда аниқ-пухта иш қилгин! (Эй Довуд хонадони), яхши амал қилинглар! Зеро, Мен қилаётган амалларингизни кўриб тургувчидирман».
Yaʼni, Biz Dovudga, oʻzingga berilgan xamirdek yumshoq temirdan sovut yasagin. Oʻsha sovutlarning bichimini oʻlchovli qilgin, dedik. Dovud alayhissalomgacha sovut bir butun toʻsiq shaklida yasalar ekan. Alloh taolo Dovud alayhissalomga ilhom bergach, sovutni halqalardan ulab kiyim shaklida qiladigan boʻlgan ekanlar. Oyatdagi, bichimini oʻlchovli qil, degani oʻsha sovutning halqalarini bir- biriga moslab oʻlchovli qil, degan maʼnoni anglatadi.
Ayni paytda, Alloh taolo Dovud alayhissalom va u kishining ahllariga xitoban:
«Solih amallar qilinglar», demoqda.
Yaʼni, sizlarga shunchalik fazlni berib qoʻydim. Bu esa, sizlarning yaxshi amallar qilishingizni taqozo etadi. Bu ishda nuqsonga yoʻl qoʻya koʻrmanglar.
«Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchiman», dedik.»
Qilgan amalingizga yarasha mukofot yoki jazo beriladi.