۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ مِنَّا فَضْلًا ۖ يَـٰجِبَالُ أَوِّبِى مَعَهُۥ وَٱلطَّيْرَ ۖ وَأَلَنَّا لَهُ ٱلْحَدِيدَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Dovudga O`zimizdan fazl berdik. «Ey tog`lar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.Батаҳқиқ, Биз Довудга Ўзимиздан фазл бердик. «Эй тоғлар, у билан бирга (тасбиҳни) қайтар ва қушлар ҳам», (дедик). Ва унга темирни юмшоқ қилдик.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Dovudga (ulugʻ) bir fazl-martaba ato etdik va dedik: «Ey togʻlar va qushlar (Dovud) bilan birga tasbeh aytinglar!» Va uning uchun temirni (xamirdek) yumshoq qilib qoʻydik.Аниқки, Биз Довудга (улуғ) бир фазл-мартаба ато этдик ва дедик: «Эй тоғлар ва қушлар (Довуд) билан бирга тасбеҳ айтинглар!» Ва унинг учун темирни (хамирдек) юмшоқ қилиб қўйдик.
Dovud alayhissalom Allohga itoatli bandalardan boʻlgani uchun oyatda Allohning Oʻzi u zotga koʻplab fazl bergani haqida xabar bermoqda.
«Batahqiq, Biz Dovudga Oʻzimizdan fazl berdik.»
Paygʻambarlik ato etgani, ilohiy kitob boʻlmish Zaburni tushirgani, togʻlarni va qushlarni u zotga xizmatkor qilib qoʻygani, temirni yumshatib bergani va boshqa narsalar Alloh taolo Dovud alayhissalomga bergan fazllardir. Ulardan baʼzisi ushbu oyatda zikr qilinmoqda.
«Ey togʻlar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik).
Dovud alayhissalom Alloh taologa tasbih aytganlarida, Zaburni tilovat etgan paytlarida togʻu toshlar ham, qushu hayvonlar ham u kishiga qoʻshilar edi.
«Va unga temirni yumshoq qildik.»
Alloh taolo Dovud alayhissalomga temirni xamirdek yumshoq qilib bergan edi. U kishi temirni olovga solib toblamasdan ham, bolgʻa bilan urmasdan ham, nimani xohlasalar, qoʻllari bilan shuni yasay olar edilar.