أَفَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَىٰ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِن نَّشَأْ نَخْسِفْ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ نُسْقِطْ عَلَيْهِمْ كِسَفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.Ахир, улар осмону ердаги, олдиларидаги нарсаларни, ортларидаги нарсаларни кўрмайдиларми?! Агар хоҳласак, уларни ерга юттириб юборурмиз ёки устларига осмондан парчалар туширурмиз. Албатта, бунда У зотга қайтгувчи ҳар бир банда учун оят(белги) бордир.Alauddin Mansour: Axir ular oldilaridagi va ortlaridagi (yaʼni, chor-atroflaridagi) narsalarga — osmonu zaminga boqmaydilarmi?! Agar Biz xohlasak, ularni Yerga yuttirib yuborurmiz yoki osmonni ustlariga parcha-parcha qilib tushirurmiz. Albatta bunda har bir (Allohga) qaytguvchi banda uchun oyat-ibrat bordir.Ахир улар олдиларидаги ва ортларидаги (яъни, чор-атрофларидаги) нарсаларга — осмону заминга боқмайдиларми?! Агар Биз хоҳласак, уларни Ерга юттириб юборурмиз ёки осмонни устларига парча-парча қилиб туширурмиз. Албатта бунда ҳар бир (Аллоҳга) қайтгувчи банда учун оят-ибрат бордир.
Oxiratdagi qayta tirilishni inkor etayotgan kofirlar osmonu yerdagi, oldilariyu ortlaridagi narsalarni koʻrmaydilarmi? Ularning toʻrt tarafida Alloh taolo oʻlganlarni qayta tiriltirishga qodir ekaniga, bu ish unga juda osonligiga dalil va hujjatlar toʻlib yotibdi-ku! Agar aqllari ishlamayotgan boʻlsa, koʻzlarini ochib, hushlarini joyiga keltirib qoʻyishimiz mumkin.
«Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz...»
Tarixda qanchadan-qancha odamlarni yer yutib ketgan. Hozir ham bu hodisa tez-tez sodir boʻlib turadi. Agar xohlasak, hammalarini yerga yuttirib yuborishimiz mumkin. Bu esa, qiyomat qoim boʻldi, deganidir. Bu ish Biz uchun qiyin emas. Kofirlar boʻlsa, oʻlgandan keyin tirilishga ishonmay yuribdilar.
«...yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz.»
Qiyomat qoim boʻlishi uchun bitta yulduz parchasini tushirsak, kifoya. Kofirlar boʻlsa, oʻlgandan keyin tirilishga ishonmay yuribdilar.
«Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat (belgi) bordir.»
Yaʼni, osmonu yerda, oldlariyu ortlaridagi narsalarda, yer ayrim narsalarni yutishida, osmondan baʼzi parchalar tushib turishida Allohga qaytguvchi bandalar uchun qiyomat qoim boʻlishi va oʻlganlar qayta tirilishiga belgilar bordir.
Endigi oyatlarda iymonli va iymonsiz, insofli va insofsiz kishilarning har biriga oʻziga xos misollar keltiriladi: