أَفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۗ بَلِ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ فِى ٱلْعَذَابِ وَٱلضَّلَـٰلِ ٱلْبَعِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, Allohga nisbatan yolg`on to`qidimi yoki jinni bo`lib qoldimi?» – dedilar. Yo`q! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.У, Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқидими ёки жинни бўлиб қолдими?» – дедилар. Йўқ! Охиратга иймон келтирмайдиганлар азобда ва йироқ залолатдадирлар.Alauddin Mansour: U Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqib oldimi yoki jinni boʻlib qoldimi?», dedilar. Yoʻq, (Muhammad alayhis-salotu vas-salom yolgʻon toʻqib olgani ham, jinni boʻlib qolgani ham yoʻq, balki) Oxiratga ishonmaydigan kimsalarning oʻzlari azobda va (Haq yoʻldan yiroq) zalolatdadirlar.У Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиб олдими ёки жинни бўлиб қолдими?», дедилар. Йўқ, (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом ёлғон тўқиб олгани ҳам, жинни бўлиб қолгани ҳам йўқ, балки) Охиратга ишонмайдиган кимсаларнинг ўзлари азобда ва (Ҳақ йўлдан йироқ) залолатдадирлар.
Ey Paygʻambar, senga Robbing nozil qilgan narsaga kofirlar ishonmaydilar. Undagi xabarlarga, jumladan, oʻlgandan keyin qayta tirilishga ham iymon keltirmaydilar. Aksincha, bu xabarni istehzo bilan qarshi oladilar. Odamlar ichida masxara qilib turli gaplar tarqatadilar.
«Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chogʻingizda albatta yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini koʻrsataylikmi?!» deydilar.
Yaʼni, ey Paygʻambar, kofirlar seni masxara qilib, ey odamlar, sizlar oʻlib, qabrga koʻmilganingizdan keyin, tanangiz butunlay titilib bitgandan keyin yana yangitdan yaratilar emishsizlar. Ana, anavi kishi shunaqa deyapti-ku, deydilar.
Oʻlib, chirib, tuproqqa qorishib ketgan odamning qayta tirilishiga ular ishonmaydilar. Bu haqdagi gap Allohning nomidan gapirilsa, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish yoki jinnilik deb oʻylaydilar. Shuning uchun ham, ular sening haqingda, ey Paygʻambar:
«U, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidimi yoki jinni boʻlib qoldimi?» – dedilar».
Odamlar oʻlib, tanasi chirib ketgan boʻlsa ham, barchasi qiyomatda qayta tiriladi, deb Alloh nomidan xabar berganing uchun shu gapni aytdilar.
«Yoʻq!»
Kofirlarning bu gaplari notoʻgʻri! Sen Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganing ham yoʻq! Jinni boʻlganing ham yoʻq!
«Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.»
Ularning, oʻlgandan soʻng qayta tirilish yoʻq, degan adashuvlariga qarshi oʻlaroq, albatta, qayta tirilish boʻladi. Qayta tirilish kunida ular qattiq azobda qoladilar.
Ular nima uchun qayta tirilishni inkor etadilar?!