QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят7

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَلْ نَدُلُّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ يُنَبِّئُكُمْ إِذَا مُزِّقْتُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمْ لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chog`ingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini ko`rsataylikmi?!Куфр келтирганлар эса: «Сизларга бутунлай титилиб битган чоғингизда албатта, янгитдан яратилишингиз хабарини бераётган кишини кўрсатайликми?!Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar esa: «Sizlarga (qabrlaringizda chirib) titilib boʻlak-boʻlak boʻlib ketgan vaqtingizda shak-shubhasiz, yana yangitdan yaratilursizlar, deb xabar beradigan bir kishini koʻrsataylikmi?Кофир бўлган кимсалар эса: «Сизларга (қабрларингизда чириб) титилиб бўлак-бўлак бўлиб кетган вақтингизда шак-шубҳасиз, яна янгитдан яратилурсизлар, деб хабар берадиган бир кишини кўрсатайликми?

428-sahifa · 22-juz · 43-hizb428-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларهَلْ-mi-миنَدُلُّكُمْsizlarga koʻrsataylikmiсизларга кўрсатайликмиعَلَىٰ-ni-ниرَجُلٍۢbir kishiniбир кишиниيُنَبِّئُكُمْsizga xabar berayotganсизга хабар бераётганإِذَاchogʻingizdaчоғингиздаمُزِّقْتُمْtitilib bitganтитилиб битганكُلَّbutunlayбутунлайمُمَزَّقٍtitilish ilaтитилиш илаإِنَّكُمْalbatta sizlarалбатта сизларلَفِىalbatta -daалбатта -даخَلْقٍۢyaratilishяратилишجَدِيدٍyangitdanянгитдан
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, senga Robbing nozil qilgan narsaga kofirlar ishonmaydilar. Undagi xabarlarga, jumladan, oʻlgandan keyin qayta tirilishga ham iymon keltirmaydilar. Aksincha, bu xabarni istehzo bilan qarshi oladilar. Odamlar ichida masxara qilib turli gaplar tarqatadilar.

«Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chogʻingizda albatta yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini koʻrsataylikmi?!» deydilar.

Yaʼni, ey Paygʻambar, kofirlar seni masxara qilib, ey odamlar, sizlar oʻlib, qabrga koʻmilganingizdan keyin, tanangiz butunlay titilib bitgandan keyin yana yangitdan yaratilar emishsizlar. Ana, anavi kishi shunaqa deyapti-ku, deydilar.

Oʻlib, chirib, tuproqqa qorishib ketgan odamning qayta tirilishiga ular ishonmaydilar. Bu haqdagi gap Allohning nomidan gapirilsa, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish yoki jinnilik deb oʻylaydilar. Shuning uchun ham, ular sening haqingda, ey Paygʻambar:

«U, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidimi yoki jinni boʻlib qoldimi?» – dedilar».

Odamlar oʻlib, tanasi chirib ketgan boʻlsa ham, barchasi qiyomatda qayta tiriladi, deb Alloh nomidan xabar berganing uchun shu gapni aytdilar.

«Yoʻq!»

Kofirlarning bu gaplari notoʻgʻri! Sen Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiganing ham yoʻq! Jinni boʻlganing ham yoʻq!

«Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.»

Ularning, oʻlgandan soʻng qayta tirilish yoʻq, degan adashuvlariga qarshi oʻlaroq, albatta, qayta tirilish boʻladi. Qayta tirilish kunida ular qattiq azobda qoladilar.

Ular nima uchun qayta tirilishni inkor etadilar?!