قُلْ يَجْمَعُ بَيْنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفْتَحُ بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَهُوَ ٱلْفَتَّاحُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, so`ngra haq ila oramizni ochiq qilur. U o`ta ochguvchi va o`ta bilguvchidir», deb ayt.Сен: «Роббимиз бизларни жамлар, сўнгра ҳақ ила орамизни очиқ қилур. У ўта очгувчи ва ўта билгувчидир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Parvardigorimiz (Qiyomat Kunida) oʻrtamizni jamlar, soʻngra oʻrtamizda haqiqat — adolat bilan hukm qilur. Uning Oʻzigina (adolat bilan) hukm qilguvchi va (kim haq, kim nohaq ekanini) bilguvchidir».Айтинг: «Парвардигоримиз (Қиёмат Кунида) ўртамизни жамлар, сўнгра ўртамизда ҳақиқат — адолат билан ҳукм қилур. Унинг Ўзигина (адолат билан) ҳукм қилгувчи ва (ким ҳақ, ким ноҳақ эканини) билгувчидир».
Qiyomat kuni Robbimiz siz bilan bizni bir yerga–mahsharga jamlaydi. Soʻngra oʻsha yerda haq–adolat ila oramizni ochiq qiladi. Oʻshanda kim hidoyatda, kim zalolatda ekani ravshan boʻladi. Allohning Oʻzi oramizni qanday ochishni yaxshi biladi «U oʻta ochguvchi va oʻta bilguvchidir.»