قُلْ أَرُونِىَ ٱلَّذِينَ أَلْحَقْتُم بِهِۦ شُرَكَآءَ ۖ كَلَّا ۚ بَلْ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga ko`rsating. Yo`q! Faqat Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohgina bordir», deb ayt.Сен: «У зотга шериклар қилиб тиқиштирганларингизни менга кўрсатинг. Йўқ! Фақат Азийз ва Ҳакийм бўлган Аллоҳгина бордир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «(Ey mushriklar), sizlar menga (oʻzlaringizcha Allohga) qoʻshib olgan butlaringizni (haqiqatan U zotga) sheriklar ekanini koʻrsatingiz-chi?! Yoʻq, (bu gumonlaringiz xatodir). Balki (yolgʻiz) Allohning Oʻzigina qudrat va hikmat Egasidir.Айтинг: «(Эй мушриклар), сизлар менга (ўзларингизча Аллоҳга) қўшиб олган бутларингизни (ҳақиқатан У зотга) шериклар эканини кўрсатингиз-чи?! Йўқ, (бу гумонларингиз хатодир). Балки (ёлғиз) Аллоҳнинг Ўзигина қудрат ва ҳикмат Эгасидир.
Sen Allohga sherik tiqishtirayotgan mushriklarga qarab: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga koʻrsating», deb ayt. Qani koʻraylik-chi?! Ular oʻzlari kimlar? Sifatlari qanday? Qoʻllaridan nima keladi? «Yoʻq!» Shularni Allohga sherik deb yuribsizlarmi? Yoʻq! Yaxshisi, bu gaplaringizdan qaytinglar. Bu dunyoda: «Faqat aziyz va hakiym boʻlgan Allohgina bordir», deb ayt». Uning hech bir sherigi yoʻqdir. Endi oʻsha aziyz (hammaning ustidan gʻolib) va hakiym (har bir ishni hikmat bilan qilguvchi) Alloh taoloning ishlari va odamlarning bunga munosabati haqida soʻz ketadi: