QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят33

وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ بَلْ مَكْرُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ إِذْ تَأْمُرُونَنَآ أَن نَّكْفُرَ بِٱللَّهِ وَنَجْعَلَ لَهُۥٓ أَندَادًا ۚ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ وَجَعَلْنَا ٱلْأَغْلَـٰلَ فِىٓ أَعْنَاقِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yo`q! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (to`sdi). O`shanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qo`shishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni ko`rgan chog`larida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.Заиф саналганлар мутакаббирлик қилганларга: «Йўқ! Кечаю кундузнинг макр-ҳийласи (тўсди). Ўшанда сизлар бизни Аллоҳга куфр келтиришимизга, унга тенгдошлар қўшишимизга амр қилар эдингиз», дедилар. Улар азобни кўрган чоғларида надоматни ичларида тутдилар. Биз куфр келтирганларнинг бўйинларига кишанлар солдик. Улар фақат қилиб юрган амалларига яраша жазоланурлар.Alauddin Mansour: Bechora sanalgan kimsalar esa mutakabbir kimsalarga: «Yoʻq, kecha-yu kunduz qilgan makr-hiyla(laringiz bizlarni moʻmin boʻlishdan toʻsgan edi). Oʻshanda sizlar (oʻz makr-hiylalaringiz bilan) bizlarni Allohga kofir boʻlishga va U zotga (oʻzgalarni) teng sherik qilishga zoʻrlar edingizlar», dedilar. Azobni (oʻz koʻzlari bilan) koʻrgan vaqtlarida ular (yaʼni, peshvolar ham, ergashganlar ham) ichlarida nadomat qildilar va Biz kofir boʻlgan kimsalarning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ularga faqat oʻzlari (hayoti dunyoda) qilib oʻtgan qilmishlarining jazosi berilur.Бечора саналган кимсалар эса мутакаббир кимсаларга: «Йўқ, кеча-ю кундуз қилган макр-ҳийла(ларингиз бизларни мўмин бўлишдан тўсган эди). Ўшанда сизлар (ўз макр-ҳийлаларингиз билан) бизларни Аллоҳга кофир бўлишга ва У зотга (ўзгаларни) тенг шерик қилишга зўрлар эдингизлар», дедилар. Азобни (ўз кўзлари билан) кўрган вақтларида улар (яъни, пешволар ҳам, эргашганлар ҳам) ичларида надомат қилдилар ва Биз кофир бўлган кимсаларнинг бўйинларига кишанлар солдик. Уларга фақат ўзлари (ҳаёти дунёда) қилиб ўтган қилмишларининг жазоси берилур.

432-sahifa · 22-juz · 44-hizb432-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларٱسْتُضْعِفُوا۟zaif sanalganlarзаиф саналганларلِلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаٱسْتَكْبَرُوا۟mutakabbirlik qilganlargaмутакаббирлик қилганларгаبَلْyoʻq!йўқ!مَكْرُmakr-hiylasi (toʻsdi)макр-ҳийласи (тўсди)ٱلَّيْلِkechaningкечанингوَٱلنَّهَارِva kunduzningва кундузнингإِذْoʻshandaўшандаتَأْمُرُونَنَآbizni amr qilar edingizбизни амр қилар эдингизأَن-ki-киنَّكْفُرَkufr keltirishimizgaкуфр келтиришимизгаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَنَجْعَلَva qoʻshishimizgaва қўшишимизгаلَهُۥٓUngaУнгаأَندَادًۭا ۚtengdoshlarтенгдошларوَأَسَرُّوا۟va ichlarida tutdilarва ичларида тутдиларٱلنَّدَامَةَnadomatniнадоматниلَمَّاchogʻlaridaчоғларидаرَأَوُا۟ular koʻrganулар кўрганٱلْعَذَابَazobniазобниوَجَعَلْنَاva Biz soldikва Биз солдикٱلْأَغْلَـٰلَkishanlarniкишанларниفِىٓ-ga-гаأَعْنَاقِboʻyinlarigaбўйинларигаٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингكَفَرُوا۟ ۚkufr keltirganlarningкуфр келтирганларнингهَلْ-mi-миيُجْزَوْنَjazolanurlarжазоланурларإِلَّاfaqatфақатمَاnarsaga yarashaнарсага ярашаكَانُوا۟ular qilib yurganулар қилиб юрганيَعْمَلُونَamallarigaамалларига
TafsirТафсир

Bu dunyoda mutakabbir xoʻjayinlariga gap qaytarmaydigan zaif sanalganlar oxiratda, bir ogʻiz gapdan qolay, demaydilar. Mutakabbirlik qilganlarining aytgan gaplarini yolgʻonga chiqarib:

«Yoʻq! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (toʻsdi)», deydilar.

Yoʻq, «muhtaram» xoʻjayinlar! Sizlarga hidoyat kelganida, biz sizni undan toʻsdikmi, deb yolgʻon gapiryapsiz. Bizni hidoyatdan sizning makr-hiylangiz toʻsdi. Sizlar odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsish uchun kechayu kunduz tinmay turli makr- hiylalar qilar edingiz.

«Oʻshanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qoʻshishimizga amr qilar edingiz», dedilar.

Ha, Allohga kufr keltir, deb bizga amr qilgan ham siz boʻlasiz! Allohga shirk keltir, deb buyurgan ham sizsiz! Endi, qiyomatga kelib, hamma narsa ayon boʻlganida tonasizmi?!

Shu tarzda tortishib turganlarida azob koʻzlariga koʻrsatiladi.

«Ular azobni koʻrgan chogʻlarida nadomatni ichlarida tutdilar.»

Baqirib-chaqirib bir-birini ayblab turgan ikki taraf azobni koʻrishlari bilan jim boʻlib qoldilar. Ichlaridan zil ketib, afsus-nadomat chekdilar. Ana shunday holatlarida:

«Biz kufr keltirganlarning boʻyinlariga kishanlar soldik».

Endi oʻsha kishanlardan tortib jahannamga sudrab olib boriladilar. Koʻz-koʻrib quloq eshitmagan azoblarga duchor qilinadilar.

«Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.»

Mutakabbiri ham, zaif sanalgani ham.

Keyingi oyatlarda qadimgi ummatlarning oʻzlariga yuborilgan Paygʻambarlarga munosabati haqida soʻz yuritilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tasalli beriladi: