QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят32

قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوٓا۟ أَنَحْنُ صَدَدْنَـٰكُمْ عَنِ ٱلْهُدَىٰ بَعْدَ إِذْ جَآءَكُم ۖ بَلْ كُنتُم مُّجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan to`sdikmi?! Yo`q! O`zingiz jinoyatchi bo`ldingiz», derlar.Мутакаббирлик қилганлар заиф саналганларга: «Сизга ҳидоят келганидан кейин биз сизни ундан тўсдикми?! Йўқ! Ўзингиз жиноятчи бўлдингиз», дерлар.Alauddin Mansour: Mutakabbir kimsalar bechora sanalgan kimsalarga: «Sizlarga hidoyat kelganidan soʻng sizlarni (undan) biz toʻsdikmi? Yoʻq, oʻzlaringiz jinoyat qilguvchi boʻldingizlar», derlar.Мутакаббир кимсалар бечора саналган кимсаларга: «Сизларга ҳидоят келганидан сўнг сизларни (ундан) биз тўсдикми? Йўқ, ўзларингиз жиноят қилгувчи бўлдингизлар», дерлар.

432-sahifa · 22-juz · 44-hizb432-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَderlarдерларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларٱسْتَكْبَرُوا۟mutakabbirlik qilganlarмутакаббирлик қилганларلِلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаٱسْتُضْعِفُوٓا۟zaif sanalganlargaзаиф саналганларгаأَنَحْنُbizmiбизмиصَدَدْنَـٰكُمْsizni toʻsdikсизни тўсдикعَنِ-dan-данٱلْهُدَىٰhidoyatҳидоятبَعْدَkeyinкейинإِذْoʻshandaўшандаجَآءَكُم ۖsizga kelganidanсизга келганиданبَلْyoʻq!йўқ!كُنتُمoʻzingiz boʻldingizўзингиз бўлдингизمُّجْرِمِينَjinoyatchiжиноятчи
TafsirТафсир

Bu dunyoda mutakabbirlik qilganlar oʻzlariga qoʻyilgan aybni rad qiladilar. Zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan toʻsdikmi?!» deydilar. Agar xohlasangizlar, hidoyatga yurishingiz mumkin edi. Siz buni qilmadingiz-ku! «Yoʻq!» Bizga, sizlar boʻlmaganingizda, albatta, biz moʻmin boʻlar edik, deyishingiz nooʻrin. «Oʻzingiz jinoyatchi boʻldingiz», derlar.» Shunda: