وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ بِهَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَلَا بِٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّـٰلِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ ٱلْقَوْلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لَوْلَآ أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen o`sha zolimlarning Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. O`shanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bo`lmaganingizda, albatta, biz mo`min bo`lar edik», derlar.Куфр келтирганлар: «Ушбу Қуръонга ҳам, ундан олдинги нарсага ҳам ҳеч иймон келтирмасмиз», дедилар. Агар сен ўша золимларнинг Роббилари ҳузурида турғазиб қўйилганларида бир-бирларига гап қайтараётганларини кўрсанг эди. Ўшанда заиф саналганлар мутакаббирлик қилганларга: «Сиз бўлмаганингизда, албатта, биз мўмин бўлар эдик», дерлар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar: «Bizlar bu Qurʼonga ham, undan oldingi (kitoblarga) ham hargiz iymon keltirmaymiz», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar siz oʻsha zolim kimsalarni (Qiyomat Kunida) Parvardigor huzurida turgʻizub qoʻyilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsangiz edi. (Oʻshanda) bechora sanalgan (yaʼni, ergashuvchi boʻlgan) kimsalar, mutakabbir kimsalarga (yaʼni, oʻz peshvolariga): «Agar sizlar boʻlmaganingizda, bizlar shak-shubhasiz, moʻminlar boʻlur edik», desalar,Кофир бўлган кимсалар: «Бизлар бу Қуръонга ҳам, ундан олдинги (китобларга) ҳам ҳаргиз иймон келтирмаймиз», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар сиз ўша золим кимсаларни (Қиёмат Кунида) Парвардигор ҳузурида турғизуб қўйилиб, бир-бирларига гап қайтараётганларини кўрсангиз эди. (Ўшанда) бечора саналган (яъни, эргашувчи бўлган) кимсалар, мутакаббир кимсаларга (яъни, ўз пешволарига): «Агар сизлар бўлмаганингизда, бизлар шак-шубҳасиз, мўминлар бўлур эдик», десалар,
Bu oyati karimada Alloh taolo kofirlarning tugʻyoni haddan oshib ketgani tufayli yana ham sarkashlik qilayotganlari haqida xabar bermoqda.
«Kufr keltirganlar: «Ushbu Qurʼonga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar.»
Bu ishlari kofirlarning hech qanday hidoyatga yurmaslikka qattiq qaror qilganlarini koʻrsatadi. Ular oʻzlariga kelayotgan ilohiy dasturga, yaʼni, Qurʼoni Karimga ham, uning haqligini tasdiqlovchi oldingi ilohiy kitoblarning birortasiga ham hech qachon iymon keltirmasliklarini taʼkidlab aytmoqdalar. Ular bu dunyoda shu darajada oʻzlaridan ketganki, ogʻizlariga kelganini boʻgʻizlariga yutmay gapiradilar. Qurʼoni Karimga ham, boshqa ilohiy kitobga ham iymon keltirmasliklarini faxr bilan gerdayib, dabdaba bilan aytadilar.
Ammo oxiratda bu dabdabadan, bu gerdayish va manmanlikdan asar ham qolmaydi. Shunchalik xor-zor boʻladilarki, aslo qoʻyavering. Ey Paygʻambar!
«Agar sen oʻsha zolimlarning Robbilari huzurida turgʻazib qoʻyilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsang edi.»
Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham hech qachon iymon keltirmaymiz, degan oʻsha zolimlar qiyomat kuni mahshargohda Robbilari huzurida turgʻazib qoʻyilganlarida har biri oʻzini oqlash uchun bir-biriga gap qaytarayotganlarini koʻrsang edi. Ajoyib bir holatni, yaʼni, bu dunyodagi mutakabbirlik, manmanlik va tugʻyondan asar ham qolmaganini koʻrar eding.
Ular ikkiga boʻlinib olib, bir-birlariga ayb agʻdarishlarini koʻrar eding.
«Oʻshanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz boʻlmaganingizda, albatta, biz moʻmin boʻlar edik», derlar.»
Ayb sizlarda, sizlarning gapingizga kirib, biz ham kofir boʻldik, mana, oqibat nima boʻldi, deydilar.