قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوْمٍ لَّا تَسْتَـْٔخِرُونَ عَنْهُ سَاعَةً وَلَا تَسْتَقْدِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizga bir kunning va'dasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.Сен: «Сизга бир куннинг ваъдаси бор. Ундан бир он ортга ҳам қола олмассиз, олдин ҳам кета олмассиз», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Sizlar uchun shunday bir kunning vaʼdasi bordirki, sizlar undan biron soat ketga ham, ilgariga ham sura olmassizlar».Айтинг: «Сизлар учун шундай бир куннинг ваъдаси бордирки, сизлар ундан бирон соат кетга ҳам, илгарига ҳам сура олмассизлар».
Sizga vaʼda qilingan kun qiyomat kunidir. Uning vaʼdasi bor. U vaʼda albatta amalga oshadi. Undan siz qochib qutula olmaysiz. Bir onki, uni ortga ham, oldga ham sura bilmaysiz. U ayni tayinlangan vaqtida boʻladi.
Kofirlar faqat qiyomat kuni haqida emas, Qurʼoni Karim toʻgʻrisida ham boʻlmagʻur gaplar aytadilar.