وَقَالُوا۟ نَحْنُ أَكْثَرُ أَمْوَٰلًا وَأَوْلَـٰدًا وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz ko`proq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.Улар: «Бизнинг молу дунёмиз, бола-чақамиз кўпроқ. Биз азоблангувчи эмасмиз», дерлар.Alauddin Mansour: Yana ular: «Bizlarning mol-dunyo va bolalarimiz — iymon keltirganlardan koʻra koʻproq, (binobarin, bizlar Alloh nazdida ulardan obroʻliroqmiz va) bizlar azoblanguvchi emasdirmiz», dedilar.Яна улар: «Бизларнинг мол-дунё ва болаларимиз — иймон келтирганлардан кўра кўпроқ, (бинобарин, бизлар Аллоҳ наздида улардан обрўлироқмиз ва) бизлар азоблангувчи эмасдирмиз», дедилар.
Ular oxirat oʻlchovini ham oʻz qarichlari bilan oʻlchaydilar. Maiyshatboz kattakonlar, aslida, Allohga emas, molu dunyo, mansab va bola-chaqaga banda boʻlgani uchun, kufr keltirgan hisoblanadilar. Allohning emas, molu dunyo, mansabu obroʻ va bola-chaqaning yoʻlidan yurgan boʻladilar. Ular oʻzlarining bu besh kunlik dunyodagi tutgan mavqelarini molu dunyo va bola-chaqa yordamida erishilgan yutuq deb oʻylaydilar. Ular hamma narsani shu bilan oʻlchaydilar. Ana oʻsha oʻlchovga binoan, agar oxirat kuni kelsa, unda kambagʻal moʻmin-musulmonlar najot topib, jannatga erishib, azobdan qutuladigan boʻlsalar, nima uchun shuncha koʻp molu dunyomiz, bola-chaqamiz turib, biz azobga duchor boʻlishimiz kerak ekan, deydilar. Va:
«Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar».
Ularning bu daʼvolariga nima javob qilishni Alloh taoloning Oʻzi taʼlim beradi.