QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят36

قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.Сен: «Албатта, Роббим хоҳлаган кишисига ризқни кенг қилур ва тор қилур. Лекин одамларнинг кўплари билмаслар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Albatta Parvardigorim Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Lekin koʻp odamlar (buni) bilmaslar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Албатта Парвардигорим Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур ва (Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. Лекин кўп одамлар (буни) билмаслар».

432-sahifa · 22-juz · 44-hizb432-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтإِنَّalbattaалбаттаرَبِّىRobbimРоббимيَبْسُطُkeng qilurкенг қилурٱلرِّزْقَrizqniризқниلِمَنkishisigaкишисигаيَشَآءُxohlaganхоҳлаганوَيَقْدِرُva tor qilurва тор қилурوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Kofirlar har bir narsani, jumladan, inson qadr-qiymatini ham molu dunyo, bola-chaqa bilan oʻlchaydilar. Kimning toʻplagan molu dunyosi, bola-chaqasi va orqasidan ergashadiganlari koʻp boʻlsa, oʻsha odam ham bu dunyoda, ham u dunyoda yutib chiquvchidir, deb oʻylaydilar. Oʻzlarining insonlararo munosabatlarini ham shu asosga quradilar. Oyatda Alloh taolo oʻsha fikrning notoʻgʻriligini taʼkidlab, buni ularning oʻziga tushuntirishni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga topshirmoqda:

«Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur», deb ayt, demoqda.

Dunyoda rizq beruvchi bittayu bitta Zot bor. Vahhob, Razzoq, Kariym va Mugʻniy Alloh taolo Oʻzi xohlagan kishisiga rizqni keng va xohlagan kishisiga tor qiladi. Bu haqiqatni U zotning Oʻzi aytmoqda. Rizqning keng yoki tor boʻlishi Allohning roziligi yoki noroziligi alomati emas. Shuning uchun ham, molu dunyoga inson qadrini belgilaydigan oʻlchov sifatida qarash notoʻgʻridir. Alloh kofirga ham, moʻminga ham rizq beraveradi. Lekin bu rizq ular qadrining oʻlchovi emas. Inson qadrining oʻlchovi iymoni, taqvosi va solih amalidir.

Gohida Alloh taolo kofir va osiyning rizqini keng qilib qoʻyadi. U bundan hovliqib, kufrida va isyonida yana ham avjga chiqadi. Borib-borib chegaraga yetganida, halokatga uchraydi. Demak, Alloh taolo kofir haddidan oshib, tuzuk-quruq azobga duchor boʻlishi uchun maʼlum bir chegaragacha uning rizqini keng qilib qoʻygan ekan.

Gohida Alloh taolo moʻmin-musulmon odamga boylik berib, rizqini keng qilib qoʻyadi. Moʻmin odam Alloh taologa yanada koʻproq shukr qila boshlaydi. Bunga oʻxshash holatlar Alloh taoloning hikmatiga tobeʼdir. Ammo nima boʻlganida ham, qadr-qiymat va oxirat yutugʻi molu dunyo oʻlchovi emas. Bularning oʻlchovi boshqa narsadir. Quyidagi oyatda ana shu haqida soʻz ketadi: