QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят37

وَمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُم بِٱلَّتِى تُقَرِّبُكُمْ عِندَنَا زُلْفَىٰٓ إِلَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ جَزَآءُ ٱلضِّعْفِ بِمَا عَمِلُوا۟ وَهُمْ فِى ٱلْغُرُفَـٰتِ ءَامِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.На молу дунёларингиз ва на бола-чақаларингиз сизни Бизнинг ҳузуримизга яқин қила олмас. Магар ким иймон келтирган ва солиҳ амал қилган бўлса, ана ўшаларгагина қилган амаллари туфайли кўпайтирилган мукофот бордир. Улар (жаннат) болохоналарида омонликдадирлар.Alauddin Mansour: Na molu dunyolaringiz va na bolalaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qilguvchi emasdir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar — ana oʻshalar uchungina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot boʻlur va ular (jannatdagi) yuksak manzillarda tinch-omon boʻlurlar.На молу дунёларингиз ва на болаларингиз сизларни Бизнинг даргоҳимизга яқин қилгувчи эмасдир. Фақат иймон келтирган ва яхши амал қилган зотлар — ана ўшалар учунгина қилган амаллари сабабли неча баробар мукофот бўлур ва улар (жаннатдаги) юксак манзилларда тинч-омон бўлурлар.

432-sahifa · 22-juz · 44-hizb432-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva emasва эмасأَمْوَٰلُكُمْmolu dunyolaringizмолу дунёларингизوَلَآva naва наأَوْلَـٰدُكُمbola-chaqalaringizбола-чақаларингизبِٱلَّتِىoʻsha narsaўша нарсаتُقَرِّبُكُمْsizni yaqin qilurсизни яқин қилурعِندَنَاBizning huzurimizgaБизнинг ҳузуримизгаزُلْفَىٰٓyaqinlik darajasidaяқинлик даражасидаإِلَّاmagarмагарمَنْkimкимءَامَنَiymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلَva qilganва қилганصَـٰلِحًۭاsolih amalсолиҳ амалفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларلَهُمْulargagina bordirуларгагина бордирجَزَآءُmukofotмукофотٱلضِّعْفِkoʻpaytirilganкўпайтирилганبِمَاtufayliтуфайлиعَمِلُوا۟qilgan amallariқилган амаллариوَهُمْva ularва уларفِى-da-даٱلْغُرُفَـٰتِ(jannat) boloxonalari(жаннат) болохоналариءَامِنُونَomonlikdadirlarомонликдадирлар
TafsirТафсир

Ey, odamlar, ey, kofirlar, ey, bizning molu dunyomiz, bola- chaqamiz koʻproq, biz azoblanuvchi emasmiz, deb yurganlar, bilib qoʻyinglar!

«Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas.»

Hech qachon Alloh taolo biror bandasining qadr-qiymatini molu dunyosining miqdoriga yoki bola-chaqasining koʻpligiga qarab belgilamaydi. Bu narsalar qadr-qiymat va Allohning huzuriga yaqin boʻlish vositasi boʻla olmaydi. Balki, oʻsha molu dunyo va bola-chaqalaridagi tasarruf, ularni toʻgʻri ishlatish yaqinlik sababi boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyatning davomida:

«Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir», demoqda.

Ha, insonning ikki dunyodagi qadr-qiymati faqatgina iymoni va yaxshi amaliga qarab belgilanadi. Molu dunyo va bola-chaqa ham iymonli va solih amalli kishilargagina foyda berishi mumkin. Chunki, iymonli odam molu dunyoni Alloh rozi boʻladigan ishlarga sarflaydi. Bola-chaqani ham Allohning roziligini istaydigan va Allohning yoʻlidan yuradigan qilib tarbiyalaydi. Iymonsiz, amali solihsiz molu dunyo ham, bola-chaqa ham boshga bitgan balo boʻladi.

Iymon keltirib, amali solih qilgan bandalarning mukofotini Alloh taolo bir necha marta koʻpaytirib beradi. Ular oxiratda, jannatda baland joylarga qurilgan boloxonalarda doimo omonlik ichida rohat-farogʻatda boʻladilar.