وَٱلَّذِينَ يَسْعَوْنَ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana o`shalar azob ichiga hozir qilinganlardir.Бизнинг оятларимизни ожиз қолдириш учун ҳаракат қиладиганлар эса, ана ўшалар азоб ичига ҳозир қилинганлардир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yuradigan kimsalar — ular azobga duchor qilinguvchidirlar.Бизнинг оятларимизга (қарши) курашиш ҳаракатида юрадиган кимсалар — улар азобга дучор қилингувчидирлар.
Kimki Alloh taoloning oyatlarini oʻzicha ojiz qoldirishni istab kuch-gʻayrat sarflagan boʻlsa, Alloh taoloning dini taʼsirini toʻsishga uringan boʻlsa, garchi molu dunyosi va bola-chaqasi koʻp boʻlsa ham, azobga duchor qilinadi. Chunki, Allohning huzurida iymon va amali solihdan boshqa hech narsa foyda bermaydi. Ha, molu dunyo ularni azobdan qutqarib qola olmaydi. Ey Paygʻambar: