قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥ ۚ وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن شَىْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُۥ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».Айт: «Албатта, Роббим ризқни Ўз бандаларидан кимни хоҳласа ўшанга кенг қилур ва тор қилур. Ҳар бир инфоқ қилган нарсангизнинг ўрнини У тўлдирур. У зот ризқ бергувчиларнинг яхшисидир».Alauddin Mansour: Ayting: «Albatta Parvardigorim bandalaridan Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, bas, (Alloh) uning oʻrnini toʻldirur. U eng yaxshi rizq berguvchidir.Айтинг: «Албатта Парвардигорим бандаларидан Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур ва (Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. Не бир нарсани инфоқ-эҳсон қилсангизлар, бас, (Аллоҳ) унинг ўрнини тўлдирур. У энг яхши ризқ бергувчидир.
Bu oyatda avval oʻtgan maʼno yana bir bor taʼkidlanmoqda. Alloh taolo bandalariga xohlaganicha rizq beradi. Xohlagan bandasining rizqini keng va hohlagan bandasining rizqini tor qilib qoʻyadi. Alloh taolo ato etgan rizqdan banda Alloh yoʻlida infoq qilsa, bundan avvalo uning oʻzi foyda koʻradi. Chunki:
«Har bir infoq qilgan narsangizning oʻrnini U toʻldirur».
Alloh buyurgan yoʻllarda infoq qilingan molu dunyo hech zoye ketmaydi. Oʻsha molu dunyo oʻrnini Alloh taolo bu dunyoning oʻzida darhol toʻldiradi yoki oxiratda ajru savob beradi.
«U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir.»
U zot rizqni hammaga, hatto, Oʻziga kufr keltirganlarga ham beraveradi.