QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят40

وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ يَقُولُ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ أَهَـٰٓؤُلَآءِ إِيَّاكُمْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning barchalarini jamlaydigan, so`ngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...Уларнинг барчаларини жамлайдиган, сўнгра У зот фаришталарга: «Анавилар сизларга ибодат қилган эдиларми?» дейдиган кунда...Alauddin Mansour: (Eslang, Alloh) ularning (yaʼni, mushriklarning) barchalarini toʻplab, soʻngra farishtalarga «Ana u (mushriklar) sizlarga ibodat qilguvchi boʻlganmidilar?», deyilgan kunda.(Эсланг, Аллоҳ) уларнинг (яъни, мушрикларнинг) барчаларини тўплаб, сўнгра фаришталарга «Ана у (мушриклар) сизларга ибодат қилгувчи бўлганмидилар?», дейилган кунда.

433-sahifa · 22-juz · 44-hizb433-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva kundaва кундаيَحْشُرُهُمْularni jamlaydiganуларни жамлайдиганجَمِيعًۭاbarchalariniбарчалариниثُمَّsoʻngraсўнграيَقُولُdeydirдейдирلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаأَهَـٰٓؤُلَآءِanavilarmiанавилармиإِيَّاكُمْsizlargaсизларгаكَانُوا۟edilarэдиларيَعْبُدُونَibodat qilganибодат қилган
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyatda qiyomat manzaralaridan bir koʻrinish tavsiflanmoqda. Alloh taolo huzurida mahshar kunida savol-javob uchun farishtalarga ibodat qilgan mushriklar va farishtalarning oʻzlari jamlanadi. Demak,

«Ularning barchalarini jamlaydigan» mashhur kunda,

«Soʻngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda»

Alloh taolo farishtalarga qarab, mushriklarga ishora qilib, anavi mushriklar yorugʻ dunyoda sizlarga ibodat qilgan edimi, deb soʻraydi. Qani, farishtalar nima deb javob berar ekanlar?

«Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas!»– deydilar.

Ey Robbimiz, sen barcha ayblardan, shuningdek, sheriklikdan poksan. Sen bizning doʻstimizsan. Anavi ibodat daʼvogarlari boʻlmish mushriklar bilan hech qanday aloqamiz yoʻq. Ular bizga hech qachon doʻst boʻlgan emas, deydilar. Soʻng ular soʻzlarida davom etib:

«Yoʻq!» deydilar.

Yoʻq! Yoʻq! Ular hech qachon bizga ibodat qilgan emaslar.

«Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Koʻplari oʻshalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.»

Darhaqiqat, arablar ichida jinlarga ibodat qiladiganlar koʻp edi. Shuning uchun ham, suraning avvalida Sulaymon alayhissalomning jinlarga munosabati haqidagi oyatlar keltirildi.