قَالُوا۟ سُبْحَـٰنَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم ۖ بَلْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ ٱلْجِنَّ ۖ أَكْثَرُهُم بِهِم مُّؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yo`q! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ko`plari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.Улар: «Сен поксан! Сен бизнинг валийимизсан! Улар эмас! Йўқ! Улар жинларга ибодат қилар эдилар. Кўплари ўшаларга иймон келтиргувчидирлар», дерлар.Alauddin Mansour: (Farishtalar): «Pok Parvardigor, Sen Oʻzing bizlarning doʻstimizdirsan, ular emas. Yoʻq, ular jinlarga ibodat-itoat qilar edilar. Ularning koʻplari (jinlarga) iymon keltirguvchidirlar», derlar.(Фаришталар): «Пок Парвардигор, Сен Ўзинг бизларнинг дўстимиздирсан, улар эмас. Йўқ, улар жинларга ибодат-итоат қилар эдилар. Уларнинг кўплари (жинларга) иймон келтиргувчидирлар», дерлар.
Ushbu ikki oyatda qiyomat manzaralaridan bir koʻrinish tavsiflanmoqda. Alloh taolo huzurida mahshar kunida savol-javob uchun farishtalarga ibodat qilgan mushriklar va farishtalarning oʻzlari jamlanadi. Demak,
«Ularning barchalarini jamlaydigan» mashhur kunda,
«Soʻngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda»
Alloh taolo farishtalarga qarab, mushriklarga ishora qilib, anavi mushriklar yorugʻ dunyoda sizlarga ibodat qilgan edimi, deb soʻraydi. Qani, farishtalar nima deb javob berar ekanlar?
«Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas!»– deydilar.
Ey Robbimiz, sen barcha ayblardan, shuningdek, sheriklikdan poksan. Sen bizning doʻstimizsan. Anavi ibodat daʼvogarlari boʻlmish mushriklar bilan hech qanday aloqamiz yoʻq. Ular bizga hech qachon doʻst boʻlgan emas, deydilar. Soʻng ular soʻzlarida davom etib:
«Yoʻq!» deydilar.
Yoʻq! Yoʻq! Ular hech qachon bizga ibodat qilgan emaslar.
«Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Koʻplari oʻshalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.»
Darhaqiqat, arablar ichida jinlarga ibodat qiladiganlar koʻp edi. Shuning uchun ham, suraning avvalida Sulaymon alayhissalomning jinlarga munosabati haqidagi oyatlar keltirildi.