فَٱلْيَوْمَ لَا يَمْلِكُ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ نَّفْعًا وَلَا ضَرًّا وَنَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «O`zingiz yolg`onga chiqarib yurgan olovning azobini tatib ko`ring», dermiz.Бугунги кунда бир-бирингиз учун манфаатга ҳам, зарарга ҳам молик эмассизлар. Ва зулм қилганларга: «Ўзингиз ёлғонга чиқариб юрган оловнинг азобини татиб кўринг», дермиз.Alauddin Mansour: Endi bu kunda biringiz biringizga na foyda va na ziyon yetkazishga qodir boʻlmas va Biz zolim boʻlgan kimsalarga: «Oʻzlaringiz yolgʻon degan doʻzax azobini totib koʻringiz», dermiz.Энди бу кунда бирингиз бирингизга на фойда ва на зиён етказишга қодир бўлмас ва Биз золим бўлган кимсаларга: «Ўзларингиз ёлғон деган дўзах азобини тотиб кўрингиз», дермиз.
Farishtalarga ibodat etgan siz mushriklar va ibodat qilingan farishtalar, bugungi qiyomat kunida bir-biringizga foyda ham, zarar ham bera olmaysiz. Imkoni yoʻq. Farishtalar mushriklarga foyda bera olmaydilar. Shuningdek, zarar berishning ham imkoni yoʻq. Chunki, bugun foyda yoki zarar beradigan kun emas. Bugun u dunyo ishlari hisob-kitob qilinadigan kun. Har kim Allohning huzurida qilmishiga yarasha javob beradigan kun.
Bugun Allohga kufr va shirk keltirib yurganlar oʻzlaricha yolgʻonga, yoʻqqa chiqarib yurgan doʻzax azobini totadigan kun. Alloh taolo ularga:
«Oʻzingiz yolgʻonga chiqarib yurgan olovning azobini tatib koʻring», deydigan kun.
Keyingi keladigan oyatlarda mushriklarning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va Qurʼoni Karimga nisbatan aytgan gaplari haqida soʻz ketadi. Ularga oʻzlariga oʻxshagan kofir va mushriklarning oqibati qadimdan nima bilan tugayotgani eslatiladi: