وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالُوا۟ مَا هَـٰذَآ إِلَّا رَجُلٌ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمْ عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُكُمْ وَقَالُوا۟ مَا هَـٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ مُّفْتَرًى ۚ وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan to`smoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, to`qilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar o`zlariga haq kelgan chog`da: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.Қачонки уларга Бизнинг очиқ-ойдин оятларимиз тиловат қилинса: «Бу, сизни ота-боболарингиз ибодат қилиб юрган нарсадан тўсмоқни ирода қиладиган одам, холос», дедилар ва «Бу, тўқилган уйдирмадан бошқа нарса эмас», дедилар. Ва куфр келтирганлар ўзларига ҳақ келган чоғда: «Бу, очиқ-ойдин сеҳрдан бошқа нарса эмас», дедилар.Alauddin Mansour: Qachon ularga Bizning aniq-ravshan boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, ular: «Bu (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan butlardan toʻsmoqchi boʻlgan kimsadir», derlar va «Bu (yaʼni, Qurʼon) faqat toʻqilgan bir boʻhtondir», derlar. Kofir boʻlgan kimsalar ularga Haqiqat — Qurʼon kelgan vaqtida u haqda «Bu faqat ochiq sehrdir», dedilar.Қачон уларга Бизнинг аниқ-равшан бўлган оятларимиз тиловат қилинса, улар: «Бу (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) фақат сизларни ота-боболарингиз ибодат қилиб ўтган бутлардан тўсмоқчи бўлган кимсадир», дерлар ва «Бу (яъни, Қуръон) фақат тўқилган бир бўҳтондир», дерлар. Кофир бўлган кимсалар уларга Ҳақиқат — Қуръон келган вақтида у ҳақда «Бу фақат очиқ сеҳрдир», дедилар.
Bu oyati karima arab mushriklarining Allohning Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitob Qurʼoni Karimga boʻlgan munosabatlari haqida xabar bermoqda.
«Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar.»
Yaʼni, arab mushriklariga Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo tushirgan ochiq-oydin oyatlarni tilovat qilib bersalar, ul zot sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirish oʻrniga, ular oʻz qavmlariga, bu Muhammad sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan ilohlardan toʻsishni xohlayotgan odam, xolos, Paygʻambar emas, dedilar.
Ular aqllarini ishlatmadilar. Ota-bobolari nimaga va nima uchun ibodat qilganlarini ham, Muhammad sollallohu alayhi vasallam nimani tilovat qilib berayotganlarini ham oʻylab koʻrmadilar. Turli but-sanam va ilohlarga sigʻinishni ota-bobolari shunday qilgani uchungina toʻgʻri deb topdilar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularni ota-bobolari ibodat qilgan narsadan boshqa narsaga chaqirganlari uchungina ul zot sollallohu alayhi vasallamga qarshi chiqdilar.
Oʻsha mushriklar oʻzlariga oyatlari tilovat qilinayotgan Qurʼoni Karim haqida:
«Bu toʻqilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar».
Bunda ham tafakkur yuritmadilar. Qurʼoni Karim Muhammad tomonidan toʻqilgan uydirmadan boshqa narsa emas, deb eʼlon qildilar.
Lekin vaqt oʻtishi bilan mushriklarning oʻziga ham Qurʼon Muhammad sollallohu alayhi vasallam toʻqigan uydirma emasligi ayon boʻldi. Eng ashaddiy mushriklar ham Qurʼoni Karim oyatlari tilovatini eshitganda taʼsirlanadigan boʻldi. Shuning uchun ular Qurʼoni Karim haqida yangi gap topdilar.
«Va kufr keltirganlar oʻzlariga haq kelgan chogʻda: «Bu ochiq- oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.»
Allohning haq kalomi odamlarga taʼsir oʻtkazayotganini koʻrib, bu sehr, xolos, sehr boʻlmaganida, bunchalik taʼsir qilmas edi, dedilar.
Aslida, arablarning hech qachon ilohiy kitob bilan aloqasi boʻlgan emas. Ularga ilohiy haq kitob kelgan chogʻida, uni shoshilib inkor qilmasdan, avval tanishib va oʻrganib chiqishlari kerak edi. Shuningdek, ularga ilgari Paygʻambar ham kelmagan. Paygʻambarni ham darhol inkor qilishlari notoʻgʻri boʻldi.