وَمَآ ءَاتَيْنَـٰهُم مِّن كُتُبٍ يَدْرُسُونَهَا ۖ وَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ قَبْلَكَ مِن نَّذِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.Ҳолбуки, Биз уларга дарс оладиган китобларни бермаган эдик. Шунингдек, сендан олдин уларга бирор огоҳлантиргувчи ҳам юбормаган эдик.Alauddin Mansour: Holbuki, (ilgari) Biz ularga oʻqib-oʻrganadigan kitoblar ato etgan emasmiz va ularga sizdan avval biron ogohlantirguvchi (paygʻambar) ham yuborgan emasmiz.Ҳолбуки, (илгари) Биз уларга ўқиб-ўрганадиган китоблар ато этган эмасмиз ва уларга сиздан аввал бирон огоҳлантиргувчи (пайғамбар) ҳам юборган эмасмиз.
Ularning ilohiy kitob haqida ham, Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar xususida ham hech qanday tasavvurlari yoʻq edi. Ular nimaga asoslanib Qurʼon haqida oʻzlaricha u deb, bu deb hukm chiqarmoqdalar?! Ular nimaga asoslanib, ey Paygʻambar, oʻzlaricha seni uydirmachiga chiqarmoqdalar?