QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят45

وَكَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُوا۟ مِعْشَارَ مَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ فَكَذَّبُوا۟ رُسُلِى ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan ilgari o`tganlar ham (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning o`ndan biriga ham yetganlari yo`q. Bas, Payg`ambarlarimni yolg`onchi qildilar, ammo inkorim qandoq bo`ldi?!Улардан илгари ўтганлар ҳам (Пайғамбарларни) ёлғончи қилган эдилар. (Булар) уларга берган нарсаларимизнинг ўндан бирига ҳам етганлари йўқ. Бас, Пайғамбарларимни ёлғончи қилдилар, аммо инкорим қандоқ бўлди?!Alauddin Mansour: Ulardan ilgari (oʻtgan) kimsalar ham (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilgan edilar — Holbuki, (Makka mushriklari) Biz ularga ato etgan neʼmatlarning oʻndan biriga ham yetganlari yoʻq. — Bas, oʻshalar Mening paygʻambarlarimni yolgʻonchi qilishgach, Mening inkorim qanday boʻlgan edi?!Улардан илгари (ўтган) кимсалар ҳам (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилган эдилар — Ҳолбуки, (Макка мушриклари) Биз уларга ато этган неъматларнинг ўндан бирига ҳам етганлари йўқ. — Бас, ўшалар Менинг пайғамбарларимни ёлғончи қилишгач, Менинг инкорим қандай бўлган эди?!

433-sahifa · 22-juz · 44-hizb433-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَّبَva yolgʻonchi qildilarва ёлғончи қилдиларٱلَّذِينَularуларمِن-dan-данقَبْلِهِمْulardan ilgari oʻtganlarулардан илгари ўтганларوَمَاva emasва эмасبَلَغُوا۟yetdilarетдиларمِعْشَارَoʻndan birigaўндан биригаمَآnarsalarimizningнарсаларимизнингءَاتَيْنَـٰهُمْularga berganуларга берганفَكَذَّبُوا۟bas, yolgʻonchi qildilarбас, ёлғончи қилдиларرُسُلِى ۖPaygʻambarlarimniПайғамбарларимниفَكَيْفَammo qandoqаммо қандоқكَانَboʻldiбўлдиنَكِيرِMening inkorimМенинг инкорим
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, arab mushriklari seni inkor qilishlari yangilik emas. Bu doimo boʻlib kelayotgan ishdir.

«Ulardan ilgari oʻtganlar ham (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilgan edilar.»

Arab mushriklaridan oldingi qavmlar ham oʻzlariga Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambarlarni, bu Paygʻambar emas, yolgʻonchi bir odamdir, deyishgan edi. Oʻsha qavmlar bu arab mushriklaridan koʻra ancha koʻp imkoniyatlarga ega edilar.

«(Bular) ularga bergan narsalarimizning oʻndan biriga ham yetganlari yoʻq.»

Bu arab mushriklari oʻsha oʻtgan qavmlarga bergan imkoniyat va kuch-quvvatlarimizning oʻndan biriga ham yetganlari yoʻq. Ana oʻsha oldin oʻtganlar:

«Bas, Paygʻambarlarimni yolgʻonchi qildilar...»

Ularga iymon keltirmay, inkor etdilar.

«...ammo inkorim qandoq boʻldi?!»

Oʻzlaridan keyin keladigan ummatlarga misol va oʻrnak boʻlishi uchun ularning hammalarini halok qildim. Buni hamma biladi. Oʻsha kofirlar ham biladi.

Soʻngra Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ul mushriklarni aql yuritib haqni axtarishga, yolgʻon yo botil nimayu rost nimaligi ustida fikr yuritishga chaqirishga buyurdi: