۞ قُلْ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍ ۖ أَن تَقُومُوا۟ لِلَّهِ مَثْنَىٰ وَفُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُوا۟ ۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ لَّكُم بَيْنَ يَدَىْ عَذَابٍ شَدِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va to`p-to`p turib bir fikr yuritib ko`ringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yo`q. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.Сен: «Мен сизга биргина насиҳат қилурман: Аллоҳ учун холис, якка-якка ва тўп-тўп туриб бир фикр юритиб кўринглар. Соҳибингизда жинга оид ҳеч нарса йўқ. У сизларга шиддатли азобдан олдинги огоҳлантиргувчи, холос», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Men sizlarga faqat birgina narsani — Alloh uchun juft-juft, yolgʻiz-yolgʻiz holingizda turib, soʻngra (Muhammad alayhis-salotu vas-salom va u keltirgan Kitob haqida) tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman. Sohibingizda (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomda) hech qanday jinnilik yoʻqdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir ogohlantirguvchi (paygʻambardir), xolos».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Мен сизларга фақат биргина нарсани — Аллоҳ учун жуфт-жуфт, ёлғиз-ёлғиз ҳолингизда туриб, сўнгра (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом ва у келтирган Китоб ҳақида) тафаккур қилишингизни тавсия қилурман. Соҳибингизда (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломда) ҳеч қандай жиннилик йўқдир. У фақат қаттиқ азоб олдидан сизларга (юборилган) бир огоҳлантиргувчи (пайғамбардир), холос».
Ey Paygʻambarim, sening Paygʻambarligingga shubha qilayotgan, turli boʻhtonlar toʻqiyotgan oʻsha kofir-mushriklarga tushuntirib ayt:
«Men sizga birgina nasihat qilurman».
Koʻp gapirib ham, gapni choʻzib ham oʻtirmayman. Faqat birgina gap aytaman. Boshqa gapim yoʻq.
«Alloh uchun xolis, yakka-yakka va toʻp-toʻp turib bir fikr yuritib koʻringlar.»
Kelinglar, sizlar ham biror marta turli-tuman fikr, tasavvur va mulohazalardan forigʻ boʻlib, Alloh uchun xolis fikr yuritib koʻringlar. Xohlasangiz, birov halaqit bermasligi uchun, yakka-yakka turib fikr yuriting. Xohlasangiz, jamlanib, bir- biringizni toʻgʻrilab, koʻplashib fikr yuriting. Fikrlang, oʻylab koʻring-a!
«Sohibingizda jinga oid hech narsa yoʻq.»
Sohibingiz, birodaringiz va oʻzingiz yaxshi tanigan shaxs boʻlmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamda jinga oid hech narsa yoʻq. U jinni ham emas, jinlar bilan aloqador ham emas. Ulardan biror narsa olmaydi ham, bermaydi ham. Uni yaxshi tanir edingiz. U esli-hushli, aqlli, tafakkurli, vazmin va obroʻli bir odamligini yaxshi bilasiz. U aytayotgan gaplar ham jinlarning soʻzi emas, ochiq-oydin, baquvvat va hikmatli. U, sizlar aytayotgandek, jinni ham, shoir ham, sehrgar ham emas.
«U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos.»
Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallam sizlarni shiddatli azobdan ogohlantirish uchun oʻsha qiyomat azobidan oldin kelgan Paygʻambardir. Uning vazifasi sizlarni ogohlantirishdir. 2–3316Imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Bariyradan, u kishi oʻz otalari roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqdilar va uch marta:
«Ey odamlar, men bilan sizlarning misolingiz nimaga oʻxshashini bilasizlarmi?!» deb nido qildilar. Odamlar:
«Alloh va Uning Rasuli bilguvchidirlar», dedilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
«Gap shuki, men bilan sizning misolingiz xuddi ustilariga dushman bostirib kelishidan qoʻrqib turgan bir qavmga oʻxshaydi. Ular bir odamni xabar olishga yuboribdilar. U keta turib, birdan dushmanni koʻrib qolibdi. Ularni ogohlantirishga shoshilibdi. U, qavmiga dushman oʻzining ogohlantirishidan oldin borib qolishidan qoʻrqib, kiyimini silkitib ishora qilib, ey, odamlar, kelishyapti! Ey, odamlar, kelishyapti! Ey, odamlar, kelishyapti!» debdi».