QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят47

قُلْ مَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ فَهُوَ لَكُمْ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq so`ramadim. Bas, u sizga bo`lsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt.Сен: «Мен сизлардан ҳеч бир ажр-ҳақ сўрамадим. Бас, у сизга бўлсин. Менинг ажрим фақат Аллоҳнинг зиммасида. У зот ҳар бир нарсага Ўзи шоҳиддир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men sizlardan soʻragan bor ajru-mukofot oʻzlaringizga boʻlsin (yaʼni, men sizlardan biron ajr-mukofot soʻramasman). Mening ajr-mukofotim yolgʻiz Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir».Айтинг: «Мен сизлардан сўраган бор ажру-мукофот ўзларингизга бўлсин (яъни, мен сизлардан бирон ажр-мукофот сўрамасман). Менинг ажр-мукофотим ёлғиз Аллоҳнинг зиммасидадир. У барча нарсага гувоҳдир».

433-sahifa · 22-juz · 44-hizb433-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтمَاemasэмасسَأَلْتُكُمsizlardan soʻradimсизлардан сўрадимمِّنْhechҳечأَجْرٍۢajr-haqажр-ҳақفَهُوَbas, uбас, уلَكُمْ ۖsizga boʻlsinсизга бўлсинإِنْemasэмасأَجْرِىَmening ajrimменинг ажримإِلَّاfaqatфақатعَلَىzimmasidaзиммасидаٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَهُوَva U zotва У зотعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаشَهِيدٌۭshohiddirшоҳиддир
TafsirТафсир

Men sizlarni Allohning yoʻliga chaqirish orqali oʻzim biror dunyoviy manfaatga erishmoqchi emasman. «Men sizlardan hech bir ajr-haq soʻramadim.» Qilgan daʼvatim evaziga sizlardan molu dunyo, ajr-haq soʻramadim. Menga ularning keragi yoʻq. «Bas, u sizga boʻlsin.» Daʼvatimning ajr-haqini oʻzingiz olavering. U sizga boʻlsin. Menga siz beradigan ajrning hech keragi yoʻq. Mening ajrim tayinli. «Mening ajrim faqat Allohning zimmasida.» Men faqat Alloh taolodangina ajr umid qilaman. «U zot har bir narsaga Oʻzi shohiddir.» Jumladan, sizga ilohiy daʼvatni yetkazayotganimga ham, siz inkor qilayotganingizga ham shohiddir. Sizdan ajr-haq soʻramaganimga ham guvoh.