وَٱلَّذِينَ سَعَوْ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi bo`lish uchun harakat qilganlarga esa, ana o`shalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.Бизнинг оятларимизни ожиз қолдиргувчи бўлиш учун ҳаракат қилганларга эса, ана ўшаларга, аламли жазодан иборат азоб бордир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yurgan kimsalar uchun esa alamli jazodan iborat azob bordir.Бизнинг оятларимизга (қарши) курашиш ҳаракатида юрган кимсалар учун эса аламли жазодан иборат азоб бордир.
Yaʼni, oyatlarimizning odamlarga taʼsirsiz qolishi uchun kuch- gʻayrat sarflaganlar va Islom dinidan odamlarni toʻsganlarga juda qattiq azob beriladi. Qiyomat qoim boʻlishi zaruratining sabablaridan yana biri shu. Aks holda, bu dunyoda kofir boʻlib, odamlarni Allohning oyatlaridan, Uning dinidan toʻsib oʻtganlar jazolarini olmay qutulib ketaverar edilar. Shu adolatdanmi?! Aslo!
Qiyomat qoim boʻlishi haqidagi turlicha gaplar odamlarning u haqdagi xabarga munosabatlaridan kelib chiqqan. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va u zotga kelgan vahiyga ishonganlar qiyomatga ham ishonadilar. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va vahiyga ishonmaganlar esa, qiyomat soati kelishiga ham ishonmaydilar.