وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشْيَاعِهِم مِّن قَبْلُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ فِى شَكٍّ مُّرِيبٍۭ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular bilan o`zlari ishtaha qilgan narsaning orasi to`sildi. Xuddi oldin o`tgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.Ва улар билан ўзлари иштаҳа қилган нарсанинг ораси тўсилди. Худди олдин ўтган маслакдошлари каби. Албатта, улар шак-шубҳа ичида эдилар.Alauddin Mansour: (Mana endi) xuddi ulardan ilgari (oʻtgan) hammaslaklariga qilingani kabi, ular bilan oʻzlari istaydigan narsaning (yaʼni, iymon keltirib, doʻzax azobidan qutulib qolishning) oʻrtasi toʻsib qoʻyildi. Zero, ular (hayoti dunyodalik paytlarida) shak-shubha ostida edilar.(Мана энди) худди улардан илгари (ўтган) ҳаммаслакларига қилингани каби, улар билан ўзлари истайдиган нарсанинг (яъни, иймон келтириб, дўзах азобидан қутулиб қолишнинг) ўртаси тўсиб қўйилди. Зеро, улар (ҳаёти дунёдалик пайтларида) шак-шубҳа остида эдилар.
Fursat oʻtgandan soʻng harakat qilganlari uchun: «...ular bilan oʻzlari ishtaha qilgan narsaning orasi toʻsildi». Ular iymonga kelib, jannatga kirishni istab qoldilar. Ammo bunga imkon berilmadi. «Xuddi oldin oʻtgan maslakdoshlari kabi.» Ulardan oldin oʻtgan kofir va mushriklarga ham ayni shu muomalada boʻlingan edi. «Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.» Shuning uchun iymonga kelmay oʻtdilar. Endi esa, doʻzaxda abadiy azob chekishlariga zarracha shak-shubha qolmadi.