Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ جَاعِلِ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ رُسُلًا أُو۟لِىٓ أَجْنِحَةٍ مَّثْنَىٰ وَثُلَـٰثَ وَرُبَـٰعَ ۚ يَزِيدُ فِى ٱلْخَلْقِ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ ﴿١﴾
Hamdu sano osmonlaru yerni yo'qdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar qilgan Allohga bo'lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿٢﴾
Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo'lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo'yib yuborguvchi bo'lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ هَلْ مِنْ خَـٰلِقٍ غَيْرُ ٱللَّهِ يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ ﴿٣﴾
Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o'zga ibodatga sazovor zot yo'q. Bas, qayon ketmoqdasiz?!
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ ﴿٤﴾
Agar seni yolg'onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg'ambarlar yolg'onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ ﴿٥﴾
Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g'ururga ketkazmasin. O'ta g'ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g'ururga ketkazmasin.
إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدْعُوا۟ حِزْبَهُۥ لِيَكُونُوا۟ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلسَّعِيرِ ﴿٦﴾
Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o'z guruhini faqat o'ta qizigan do'zaxga ega bo'lishlariga chaqirur.
ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ ﴿٧﴾
Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga mag'firat va ulkan ajr bordir.
أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ ﴿٨﴾
Axir, qilgan yomon amali o'ziga ziynatlab ko'rsatilib, uni go'zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.
وَٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَـٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَسُقْنَـٰهُ إِلَىٰ بَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَحْيَيْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ ﴿٩﴾
Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qo'zg'atadi. Biz uni o'lik yurt tomon haydab, u bilan yerni o'lib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o'xshashdir.
مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ ٱلْكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلْعَمَلُ ٱلصَّـٰلِحُ يَرْفَعُهُۥ ۚ وَٱلَّذِينَ يَمْكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكْرُ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ ﴿١٠﴾
Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko'tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o'shalarning makri botil bo'lur.
وَٱللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَٰجًا ۚ وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِۦٓ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ ﴿١١﴾
Alloh sizlarni tuproqdan, so'ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo'ydi. Qaysi bir urg'ochi nimaga homilador bo'lsa, nimani tug'sa, faqat Uning ilmi bilan bo'lur. Har bir umr ko'rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْبَحْرَانِ هَـٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَآئِغٌ شَرَابُهُۥ وَهَـٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ ۖ وَمِن كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى ٱلْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ ﴿١٢﴾
Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo'la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho'r, taxirdir. Siz har biridan toza go'sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko'rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.
يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۚ وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ ﴿١٣﴾
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo'ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o'zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po'stlog'iga ham molik emaslar.
إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا۟ دُعَآءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا۟ مَا ٱسْتَجَابُوا۟ لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ ﴿١٤﴾
Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O'ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.
۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ ﴿١٥﴾
Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O'zi behojat va maqtalgan Zotdir.
إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ ﴿١٦﴾
Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.
وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍ ﴿١٧﴾
Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.
وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَىْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَمَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِۦ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ ﴿١٨﴾
O'zi yukli jon o'zga jonning yukini ko'tara olmas. Yuki og'ir jon o'z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko'tarilmas. Garchi qarindosh bo'lsa ham. Sen faqat g'aybdagi Robbilaridan qo'rqadigan va namozni to'kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o'zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ ﴿١٩﴾
Ko'r bilan ko'zi ochiq teng bo'lmas.
وَلَا ٱلظُّلُمَـٰتُ وَلَا ٱلنُّورُ ﴿٢٠﴾
Zulumotlar bilan nur ham.
وَلَا ٱلظِّلُّ وَلَا ٱلْحَرُورُ ﴿٢١﴾
Soya bilan jazirama ham.
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَحْيَآءُ وَلَا ٱلْأَمْوَٰتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَآءُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِى ٱلْقُبُورِ ﴿٢٢﴾
Tiriklar bilan o'liklar teng bo'lmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.
إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ ﴿٢٣﴾
Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.
إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ ﴿٢٤﴾
Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo'lsa, unda ogohlantirguvchi bo'lgan.
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَبِٱلزُّبُرِ وَبِٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُنِيرِ ﴿٢٥﴾
Agar seni yolg'onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o'tganlar ham yolg'onchi qilganlar. Holbuki, Payg'ambarlari ularga ravshan mo''jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.
ثُمَّ أَخَذْتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ ﴿٢٦﴾
So'ngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo'ldi?!
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهَا ۚ وَمِنَ ٱلْجِبَالِ جُدَدٌۢ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ ﴿٢٧﴾
Allohning osmondan suv tushirganini ko'rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog'lardan ham yo'l-yo'l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.
وَمِنَ ٱلنَّاسِ وَٱلدَّوَآبِّ وَٱلْأَنْعَـٰمِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى ٱللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ ٱلْعُلَمَـٰٓؤُا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ ﴿٢٨﴾
Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo'rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o'ta mag'firatli Zotdir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَـٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَـٰرَةً لَّن تَبُورَ ﴿٢٩﴾
Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni to'kis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo'lurlar.
لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ غَفُورٌ شَكُورٌ ﴿٣٠﴾
Chunki, U zot ularga ajrlarini to'liq qilib berur va O'z fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U o'ta mag'firatli va Shakur(oz amal uchun ko'p savob beruvchi)dir.
وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ هُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرٌۢ بَصِيرٌ ﴿٣١﴾
Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, o'zidan oldingi narsani tasdiqlovchi bo'lgandir. Albatta, Alloh O'z bandalaridan o'ta xabardor va ularni o'ta ko'rguvchidir.
ثُمَّ أَوْرَثْنَا ٱلْكِتَـٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌۢ بِٱلْخَيْرَٰتِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ ﴿٣٢﴾
So'ngra bu kitobni O'z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o'ziga o'zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o'rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o'zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug' fazldir.
جَنَّـٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ ﴿٣٣﴾
Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.
وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَذْهَبَ عَنَّا ٱلْحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ ﴿٣٤﴾
Ular: «Bizdan g'am-qayg'uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo'lsin. Albatta, Robbimiz o'ta mag'firatli va Shakur(oz amal uchun ko'p savob beruvchi)dir», – derlar.
ٱلَّذِىٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلْمُقَامَةِ مِن فَضْلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٌ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٌ ﴿٣٥﴾
U zot bizlarni O'z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horg'inlik ham yetmas.
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَىٰ عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُوا۟ وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى كُلَّ كَفُورٍ ﴿٣٦﴾
Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o'lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.
وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَـٰلِحًا غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُوا۟ فَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ ﴿٣٧﴾
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo'qdir», (deyilur).
إِنَّ ٱللَّهَ عَـٰلِمُ غَيْبِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ ﴿٣٨﴾
Albatta, Alloh osmonlaru yerning g'aybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham o'ta bilguvchidir.
هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَـٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا ﴿٣٩﴾
U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo'ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o'ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g'azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.
قُلْ أَرَءَيْتُمْ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ أَمْ ءَاتَيْنَـٰهُمْ كِتَـٰبًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِّنْهُ ۚ بَلْ إِن يَعِدُ ٱلظَّـٰلِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا ﴿٤٠﴾
Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko'rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo'lganlarmi?! Yo'q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.
۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُمْسِكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ أَن تَزُولَا ۚ وَلَئِن زَالَتَآ إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا ﴿٤١﴾
Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bo'lsalar, Undan o'zga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U o'ta haliym va o'ta mag'firatli bo'lgan Zotdir.
وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ لَئِن جَآءَهُمْ نَذِيرٌ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى ٱلْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمْ نَذِيرٌ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا ﴿٤٢﴾
Ular jon-jahdlari bilan, agar o'zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko'ra hidoyatli bo'lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.
ٱسْتِكْبَارًا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَكْرَ ٱلسَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلْأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحْوِيلًا ﴿٤٣﴾
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o'z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo'lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o'zgartirish topa olmassan.
أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعْجِزَهُۥ مِن شَىْءٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَلِيمًا قَدِيرًا ﴿٤٤﴾
Axir, ular yer yuzida yurib o'zlaridan oldin o'tganlarning oqibati qandoq bo'lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o'shalar bulardan ko'ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot o'ta ilmli va o'ta qodirdir.
وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُوا۟ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَـٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرًۢا ﴿٤٥﴾
Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo'lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo'ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo'yib qo'yur. O'sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko'rib turguvchi Zotdir.