QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят72

وَذَلَّلْنَـٰهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga o`sha(hayvon)larni bo`yinsundirib qo`ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.Биз уларга ўша(ҳайвон)ларни бўйинсундириб қўйдик. Бас, улардан маркаблари бор ва улардан ерлар.Alauddin Mansour: Biz oʻsha (hayvon)larni ularga boʻysundirib qoʻyganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham oʻsha (hayvon)lardandir, yeydigan (taom)lari ham oʻshalardandir.Биз ўша (ҳайвон)ларни уларга бўйсундириб қўйганмиз. Ана уларнинг минадиган нарсалари ҳам ўша (ҳайвон)лардандир, ейдиган (таом)лари ҳам ўшалардандир.

445-sahifa · 23-juz · 45-hizb445-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَذَلَّلْنَـٰهَاva ularni boʻyinsundirib qoʻydikва уларни бўйинсундириб қўйдикلَهُمْulargaуларгаفَمِنْهَاbas, ulardanбас, уларданرَكُوبُهُمْmarkablariмаркаблариوَمِنْهَاva ulardanва уларданيَأْكُلُونَyeydilarейдилар
TafsirТафсир

Ushbu uch oyatda Alloh taolo bandalar uchun chorva hayvonlarini yaratib qoʻyganligi, oʻsha hayvonlarda ularga turli foydalar borligi, buning uchun bandalar Alloh taologa shukr qilishlari lozimligi haqida soʻz ketmoqda. Chorva hayvonlari arabchada «anʼom» deyiladi va undan tuya, qora mol va qoʻy, echki kabi hayvonlar tushunilaveradi.

Darhaqiqat, bandalariga ushbu hayvonlarni Alloh taolo yaratmaganida boshqa hech bir zot yaratib bera olmasdi. Insonning oʻzi esa, mutlaqo yarata olmaydi. Dunyo bunyod boʻlganidan buyon hech kim, hech qachon, hech qayerda birorta chorva hayvonini yoki uning birorta aʼzosini yarata olgani yoʻq. Ushbu hayvonlarni ijod etishining oʻzi Alloh taoloning biru borligiga, har bir narsaga qodirligiga, shu jumladan, ilohiy kitob ham tushira olishiga yorqin dalildir. Odamlar bundan ibrat olmaganlari haqida ajablanish savoli berilayotganining sababi ham shundan.

«Axir, Biz ular uchun Oʻz qoʻllarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qoʻyganimizni koʻrmaydilarmi?!»

Demak, Alloh taolo chorva hayvonlarini odamlar uchun yaratgan. Oʻz qoʻli bilan yaratgan. Bundan bandalar ibrat olishlari, iymonga kelib, Allohga ibodat qilishlari kerak.

«Bas, ular oʻshalarga molik(ega)dirlar-ku!»

Odamlarni oʻsha chorvalarga Allohning oʻzi ega qilib qoʻygan. Insonlar ega sifatida ulardan foydalanadilar.

«Biz ularga oʻsha(hayvon)larni boʻyinsundirib qoʻydik.»

Biz chorva hayvonlariga boʻyinsunish qobiliyatini berdik. Oʻsha hayvonlar odamlarga boʻyinsunib, nimaga undasalar, shunga yuradilar.

«Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.»

Odamlar oʻsha hayvonlardan markab–ulov sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga, oʻsha hayvonlarning goʻsht va yogʻlarini yeydilar.

«Ular uchun oʻshalarda manfaatlar...» bor.

Odamlar uchun oʻsha chorva hayvonlarida turli manfaatlar bor. Terisi, juni, hatto suyaklaridan ham foydalanadilar.

«...va ichimliklar bor.»

Sut-qatiqlarini ichadilar.

«Axir, shukr qilmaydilarmi?!»

Axir, Alloh taolo ularga bu hayvonlarni yaratib bermaganida, oziq uchun goʻsht va yogʻni qayerdan olar edilar? Yana boshqa foydalarini-chi? Yoʻq, ola bilmasdilar. Binobarin, aqlni ishlatib, mazkur hayvonlarni oʻzlari uchun yaratib bergan zot Alloh taologa iymon keltirishlari va Unga ibodat qilib yashashlari lozim. Bandalarning koʻplari esa, noshukrchilik qildilar. Oʻzlari uchun bu hayvonlarni yaratgan, ularni boʻyinsundirib bergan Zotga kufr keltirdilar, osiy boʻldilar.