QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят172

إِنَّهُمْ لَهُمُ ٱلْمَنصُورُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.Албатта, улар, ҳа, уларгина нусрат топишлари.Alauddin Mansour: «Shak-shubhasiz, ular qoʻllab-quvvatlanguvchilardir,«Шак-шубҳасиз, улар қўллаб-қувватлангувчилардир,

452-sahifa · 23-juz · 46-hizb452-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَهُمُha, ularginaҳа, уларгинаٱلْمَنصُورُونَnusrat topguvchilardirнусрат топгувчилардир
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz Oʻzimiz Paygʻambar etib yuborgan bandalarimizga, sizlar albatta nusrat topasiz va albatta bizning lashkarlarimiz gʻolib boʻladi, deb soʻz berganmiz, vaʼda qilganmiz. Alloh taolo doimo soʻzi ustidan chiqadi. Alloh taolo doimo vaʼdasiga vafo qiladi. Insoniyat tarixidan maʼlumki, Allohning Paygʻambar yuborgan qavm bandalari doimo kofir va mushriklar bilan boʻlgan kurashlarda gʻolib kelganlar, hech qachon, hech yerda natija aksincha boʻlgan emas.

Shuningdek, Alloh taologa lashkarlik sharafiga muyassar boʻlganlar doimo shayton lashkarlari ustidan gʻalaba qozonganlar.

Paygʻambar qilib yuborilgan bandalar olib kelgan aqiyda va taʼlimotlarga zid eʼtiqod va taʼlimotlar doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yoʻq boʻlib ketgan. Allohning lashkariga qarshi boʻlgan har qanday lashkar doimo magʻlub boʻlgan. Ertami, kechmi, bu umumiy qoida doimo oʻzini koʻrsatadi. Gap Allohning lashkari baxtiga muyassar boʻlgan moʻminlarning topilishidadir.

Demak, shunday ekan, kofir va mushriklarga ortiqcha ahamiyat bermaslik kerak. Ularning holidan ajablanmaslik lozim. Shuning uchun, Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga quyidagicha xitob qilmoqda. Ey Paygʻambar: